Bismillahir Rohmanir Rohiym
S.Jannatdan yerga tushgan bir parcha narsa?
J.Ka’badagi Qora tosh.
S.Ka’bani birinchi tavof qilganlar kim?
J.Farishtalar.
S.Qavmining hammasi imonga kelgan payg‘ambar qaysi?
J.Yunus alayhissalom.
S.Vafotida Arsh larzaga kelgan sahobiy kim?
J.Sa’d ibn Mu’oz raziyallohu anhu.
S.Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning ayollaridan eng oxirgi vafot etgani kim?
J.Ummu Salama raziyallohu anho onamiz.
S.Tug‘magan ona kim?
J.Ummul quro “Makka” (shaharlarning onasi).
S.Namrud yoqqan olovning ichida Ibrohim alayhissalom qancha muddat qoldilar?
J.Yetti kun.
S.Nima uchun Odam alayhissalomga odam deb ism qo‘yildi?
J.Tuproqlari yerning yuza qatlamidan olingani uchun. Narsaning yuzasi arab tilida “adiym” deyiladi.
S.Nima uchun Havvo onamiz bunday ism bilan nomlandilar?
J.Tirik (hayot) narsadan yaratilganlari uchun. Ya’ni Havvo “hayot”dan olingan. Odam alayhissalomning tirik organizmidan yaratilgan.
S.Arafot tog‘i nima uchun bunday nom bilan atalgan?
J.Odam va Havvo jannatdan yer yuziga tushganlarida birinchi bor shu tog‘da uchrashganlar. “Arafa” arab tilida tanidi, bildi degan ma’nolarni anglatadi.
S.Arablarning momosi deb nomlangan ayol kim?
J.Ismoil alayhissalomning onalari Bibi Hojar onamiz.
S.Qur’onda nechta sajda oyati bor?
J.O‘n to‘rtta.
S.Shayton eshitganida yig‘laydigan sura qaysi?
J.Alif lom mim Sajda surasi.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining Modul ta’lim tizimida yangi o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
12 sentyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov talabalar uchun «Xatoba» (notiqlik san’ati) fanidan ilk darsni o‘tib berdi.
Mashg‘ulot davomida ustoz va’z-nasihat qilish san’ati, minbar odoblari, tinglovchi bilan jonli muloqot o‘rnatish sirlari hamda bugungi kun imom-xatibi zimmasidagi mas’uliyatli vazifalarga alohida to‘xtaldi. Notiqlik mahoratiga oid nozik jihatlar hayotiy va amaliy misollar orqali ochib berildi.
Qizg‘in va samimiy ruhda o‘tgan dars so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati