Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Avgust, 2026   |   28 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:58
Quyosh
05:28
Peshin
12:30
Asr
17:24
Shom
19:32
Xufton
21:00
Bismillah
11 Avgust, 2026, 28 Safar, 1448

Imom Termiziy ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi

17.10.2024   17733   1 min.
Imom Termiziy ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi

Termiz shahrida joylashgan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida "Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni" mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi. 

Ayni vaqtda yurtimizda ko‘zga ko‘ringan islomshunos olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilarimiz, shuningdek, Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirg‘iziston kabi davlatlardan tashrif buyurgan 50 dan ortiq taniqli olimlar mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida anjumanning birinchi kunida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ochilish marosimi, xalqaro anjuman yalpi majlisi, sho‘balar yig‘ilishlari, xorijlik ulamolar ishtirokida Imom Termiziy oliy va o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasalari talabalari bilan uchrashuv kabi qator tadbirlar o‘rin olgan.

 

Imom Termiziy ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi Imom Termiziy ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi Imom Termiziy ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi Imom Termiziy ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi Imom Termiziy ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi Imom Termiziy ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi Imom Termiziy ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi Imom Termiziy ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi Imom Termiziy ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda

11.08.2026   805   1 min.
Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Vaqf” xayriya jamoat fondining Jizzax viloyati filiali tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi.

Viloyatning turli hududlaridan bo‘lgan boquvchisini yo‘qotgan 35 nafar bolaning xatna to‘yi qilib berildi.

Tadbirda bolajonlarga velosiped, kostyum-shim va ko‘ylaklar, shirinliklar qutisi sovg‘a qilinib, bayram dasturxoni yozildi.

Bolajonlarga qo‘shilib, ularning yaqinlari ham quvonchdan tashakkur aytib, tashkilotchilar, Yurtboshimiz haqlariga duolar qilishdi.

Shuningdek, tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularga ham hadyalar ulashildi.

Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va insonparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiladi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda Bayram shukuhi Jizzaxda ham davom etmoqda
O'zbekiston yangiliklari