Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Noyabr, 2026   |   3 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:47
Quyosh
07:08
Peshin
12:12
Asr
15:24
Shom
17:09
Xufton
18:25
Bismillah
13 Noyabr, 2026, 3 Jumadul soni, 1448
Maqolalar

09.09.2024   3620   3 min.

YOSHLARDA YOT G‘OYALARGA QARSHI MILLIY VA DINIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH MASALALARI

Hozirgi davrda yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, ularni salbiy ta’sirlardan himoya qilish dolzarb masalaga aylandi. Bunga yoshlarning diniy-axloqiy tarbiyasi, vatanparvarligini kuchaytirish, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmatni shakllantirish orqali erishish mumkin.

Ayniqsa, adashgan oqimlarga qarshi kurashishda yoshlarda milliy va diniy qadriyatlarni shakllantirish o‘ta muhim va kerakli jarayondir. Ushbu qadriyatlar yoshlar va jamiyat uchun asosiy qoidalarni belgilab berish barobarida ularni yot g‘oyalarga qarshi muhofaza qiladi. Quyidagi omillar ushbu jarayonda muhim ahamiyatga ega.

  1. Turli adashgan toifalar haqida xalqimizga, xususan, yoshlarimizga ma’lumot berib borish: Bu yoshlarda diniy bilimlarni oshirish, dinlararo o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni rivojlantirishda, ularni adashgan oqimlardan ogohlantirish uchun juda muhimdir.
  2. Milliy va diniy qadriyatlarni rag‘batlantirish: Yoshlarga xalqimizning madaniy merosi, diniy an’ana va urf-odatlarini o‘rgatish. Bu qadriyatlarni yosh avlodga yetkazish va ularning milliy identifikatsiyasini mustahkamlaydi (ya’ni milliy va diniy qadriyatlar yoshlarning o‘z xalqiga, madaniyatiga diniga va tarixiga bo‘lgan muhabbatini shakllantiradi. Bu hissiyot yot g‘oyalarga qarshi turush qobiliyatini kuchaytiradi).
  3. Ilm-fan va diniy bilim: Yoshlar o‘rtasida diniy bilimlar bilan birga, ilmiy va ratsional yondashuvlarni ham targ‘ib qilish. Ya’ni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish. Yoshlarga milliy va diniy qadriyatlar asosida mustaqil fikrlash, muhokama qilish va yot g‘oyalarni tanib olishni o‘rgatish. Bu yoshlarni xatarli oqimlardan himoyalashda yordam berishi mumkin. Shuningdek, ta’lim dargohlarida milliy va diniy qadriyatlar haqida darslar tashkil etish, yoshlarning savodxonligini oshirish ularning sog‘lom dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi.
  4. Oila va jamiyatda dini-axloqiy tarbiya: Yoshlarni oilada, ta’lim dargohlari va jamoat tashkilotlarida diniy-axloqiy tarbiya qilishga, ularni ma’naviy jihatdan rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. Shuningdek ularga milliy va diniy qadriyatlarni ta’lim berishda yaxshi namuna bo‘lish ham muhim rol o‘ynaydi.
  5. Tinchlik va ko‘pmillatlilikni targ‘ib qilish: Bu degani turli millat va diniy konfessiyalar orasida tinchlik, barqarorlikni, hamjihatlikni ta’minlash. Bu jamiyatdagi turli madaniyatlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun muhim ahamiyatga ega. Bu radikalizmning oldini olishda samarali vosita bo‘lishi mumkin. Shuningdek, jamiyatdagi birdamlik o‘ta muhim. Milliy va diniy qadriyatlar jamiyatda birlikni ta’minlaydi. Birlashgan jamiyat yot g‘oyalarga qarshi samarali kurashishda yuqori potensialga ega bo‘ladi.
  6. Diniy-ma’rifiy tadbirlar: Yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilishga qaratilgan diniy-ma’rifiy tadbirlar, konferensiyalar o‘tkazish, ularni milliy mintalitetimizga xos bo‘lgan ko‘rgazmalarga jalb etish ularning bilim doirasini kengaytirishga yordam beradi. Bu yoshlarni o‘ziga xos ijobiy modellarga yo‘naltirishda muhim rol o‘ynaydi.
  7. Mass-media: OAV, televideniya, radio va internet orqali milliy va diniy qadriyatlarni targ‘ib etish lozim. Bu yoshlarga o‘z qadriyatlarini anglashda yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda, yoshlarda ushbu omillarni shakllantirish orqali yot g‘oyalarga qarshi samarali kurashishda muvaffaqiyatli natijalarga erishish mumkin.

 

Manbalar asosida tayyorlandi

O‘tkirbek SOBIROV 
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Bosh mutaxassisi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi

13.11.2026   10149   1 min.
O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi

Misrdagi Al-Azhar xalqaro akademiyasida 20 nafar o‘zbekistonlik imom-xatib uchun tashkil etilgan malaka oshirish dasturi yakunlanib, ishtirokchilarga maxsus shahodatnoma topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri. 
 

Ikki hafta davom etgan o‘quv kursida diniy soha vakillari o‘zlarining ilmiy-diniy bilimlarini oshirish, Al-Azharning boy ilmiy tajribasi va o‘qitish uslublarini o‘zlashtirish bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashdi.
 

Tadbirda so‘zga chiqqan akademiya rahbari Hasan Sag‘ir ushbu o‘quv kurslari Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Tayyibning doimiy e’tiborida bo‘lganini alohida ta’kidladi. Uning qayd etishicha, shayx Ahmad Tayyib o‘quv jarayonini jiddiy kuzatib borgan.
 

Safar davomida o‘zbekistonlik imomlar ushbu davlatdagi Katta ulamolar kengashi a’zosi doktor Hasan Shofeiy bilan ham ko‘rishdi. Uchrashuv chog‘ida ilm-fan, diniy ma’rifat va ulamolar mas’uliyati xususida suhbat bo‘lib o‘tdi.
 

Imom-xatiblar Al-Azhar hamda Imom Husayn masjidlariga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbat berilgan tabarruk ashyolar, jumladan, muborak qilich va boshqa tarixiy yodgorliklarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.
 

Tadbir doirasida O‘zbekiston va Al-Azhar o‘rtasidagi diniy-ma’rifiy hamkorlik, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, imom-xatiblarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda o‘zbekistonlik yoshlarning ushbu nufuzli dargohda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha kelgusi chora-tadbirlar belgilab olindi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi
O'zbekiston yangiliklari