Xalqaro anjuman
Global dunyoda ajdodlarning ilmiy merosi hamda boy hayotiy saboqlariga ehtiyoj ortib bormoqda. Yoshlar tafakkurini bilim ziyosi bilan toʻldirishga harakat qilmas ekanmiz, ularni chalgʻitadigan, oʻz domiga tortadigan buzgʻunchi gʻoyalar sanoqsiz. Biroq tafakkur himoyasiga bir butun boʻlib, jamiyat miqyosida kirishilmas ekan, natijasi haminqadar boʻlib qolaveradi. Shukrki, zohiriy-botiniy xatarlarga sergak millatimiz bu borada anchayin jips. Ayni harakatlarga davlat miqyosida eʼtibor qaratilayotgani esa natijalar choʻgʻini olovga aylantiradi.
Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorida Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida, uning doirasida Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazilishi belgilangan.
Manba: “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi 2024-yil 18-oktabr, 211-son
Ayni paytda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutining 55 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir hamda “Dolzarb aqidaviy va zamonaviy fiqhiy masalalar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir an’anaga binoan Qur’oni karim tilovati va ezgu duolar bilan boshlandi.
Anjumanning yalpi majlisida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Ergash Daminov, shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriy ulamolar, ustoz-murabbiylar, tadqiqotchilar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli anjumanda bugungi kunning eng dolzarb ma’naviy-e’tiqodiy va fiqhiy masalalari muhokama qilinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati