Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alloh taolo: “Ey payg‘ambar, sizga Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan narsani yetkazing! Agar qilmasangiz, Uning elchiligini yetkazmagan bo‘lursiz, Alloh Sizni odamlardan saqlagay. Albatta, Alloh kofir qavmni hidoyat qilmas” – Moida surasi, 67-oyat.
Bu oyatda Alloh taolo O‘z payg‘ambarini odamlarning zararidan himoya qilishini ta’kidlagan. Islom tarixidan ma’lumki, Nabiy alayhissalomning himoyasi sahobalar orqali ham bo‘lgan, ya’ni U zotning qo‘riqchilari bor edi.
Bu oyat nozil bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalariga, Alloh taolo mening himoyamni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar bergan. Bu hadisni Imom Termiziy rahmatullohi alayh “Sunani Termiziy”da rivoyat qilgan, 3046-hadis.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Alloh taolo tomonidan himoya qilinishlari mo‘jizalardandir.
Oyat nozil bo‘lgunga qadar quyidagi mashhur sahoba roziyallohu anhum Nabiy alayhissalomning qo‘riqchilari edi:
Alloh barchalaridan rozi bo‘lsin.
Po‘latxon Kattayev,
TII Hadis va islom tarixi fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning Matbuot va media bo‘limi xodimi Davronjon Tursunovning volidai muhtaramalari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan hoji onaning yaqinlariga xususan, Davronjon hoji Tursunovga hamdardlik bildiramiz.
Janoza namozi bugun, asr namozidan so‘ng "Eshonxo‘ja ota" jome masjidida o‘qiladi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz