Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Noyabr, 2026   |   4 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:48
Quyosh
07:10
Peshin
12:12
Asr
15:24
Shom
17:08
Xufton
18:24
Bismillah
14 Noyabr, 2026, 4 Jumadul soni, 1448

E’lon: Abituriyentlar diqqatiga!

23.10.2024   10033   1 min.
E’lon: Abituriyentlar diqqatiga!

#Tayyorlov_kursi

E’lon: Abituriyentlar diqqatiga!

2025–2026 o‘quv yilida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlarning qabul imtihonlariga puxta tayyorlanishiga ko‘maklashish maqsadida Toshkent islom institutida tayyorlov kursi tashkil etildi.

Tayyorlov kursiga o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan yoki tamomlagan fuqarolar suhbat asosida qabul qilinadi.

Hujjatlar qabul qilish davom etmoqda, shoshiling!

Davomiyligi: 9 oy

To‘lovi: har bir fan uchun bir oyga 375 000 so‘m

Tayyorlov kursi fanlari:
 Arab tili;
 Fiqh;
 Aqoid;
 O‘zbekiston tarixi.

 Zarur hujjatlar:
Ariza;
pasport yoki ID karta nusxasi - asli ko‘rsatiladi;
o‘rta maxsus islom bilim yurti diplomi nusxasi yoki o‘qiyotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
3,5x4,5 hajmdagi 4 dona fotosurat - so‘nggi 3 oyda olingan.

Eslatma: Kursni tamomlaganlik haqidagi ma’lumotnoma kirish imtihonlarida imtiyoz bermaydi. Tinglovchilar yotoqxona bilan ta’minlanmaydi.

 +998712400115

Manzil: Toshkent, Zarqaynar 18-berk ko‘cha, 47-uy (https://goo.gl/maps/Ng8xP1yVfJwJvB3e7)

 t.me/oliymahad

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

14.11.2026   7829   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning Matbuot va media bo‘limi xodimi Davronjon Tursunovning volidai muhtaramalari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!

Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan hoji onaning yaqinlariga xususan, Davronjon hoji Tursunovga hamdardlik bildiramiz.

Janoza namozi bugun, asr namozidan so‘ng "Eshonxo‘ja ota" jome masjidida o‘qiladi.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari