Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447
Yangiliklar

Navbatdagi sayyor uchrashuv manzili – Narpay

25.10.2024   12584   1 min.
Navbatdagi sayyor uchrashuv manzili – Narpay

2024 yil 22 oktyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Narpay tumanida bo‘lib o‘tdi. Viloyatdagi 16 ta shahar-tuman bosh imom xatiblari va iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 18 ta masjid imom-xatiblari hamrohligida 18 ta mahallaga tarqalib, joylarda aholining kam ta’minlangan va notinch oilalarda bo‘ldi.  

Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil etildi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan birga, viloyat ishchi guruhi Narpay tumanidagi 18 ta masjidda peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar qildi va ularning muammo va takliflarini tingladilar.

Mazkur tadbirlardan so‘ng sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Narpay tumanidagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, tumanda diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar hamda namozxonlar tomonidan qilinayotgan shikoyatlar muhokama qilindi.

Mazkur yig‘ilishga viloyat bosh imom-xatibi v.v.b. Yo.Mansurov bevosita bosh bo‘ldi. Unda aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholining muammolarini yanada chuqurroq o‘rganib, ularni bartaraf etish, ular bilan yanada yaqin bo‘lish, sohani yanada takomillashtirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Navbatdagi sayyor uchrashuv manzili – Narpay Navbatdagi sayyor uchrashuv manzili – Narpay Navbatdagi sayyor uchrashuv manzili – Narpay Navbatdagi sayyor uchrashuv manzili – Narpay Navbatdagi sayyor uchrashuv manzili – Narpay Navbatdagi sayyor uchrashuv manzili – Narpay Navbatdagi sayyor uchrashuv manzili – Narpay
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Namozim buzildimi?

27.06.2025   16117   1 min.
Namozim buzildimi?

Savol: Masjiddagi jamoatda ba’zan oldingi safdagi odamning kiyimi kalta bo‘lgani uchun sajdada orqasi qisman ochilib qoladi va bexosdan unga ko‘zimiz tushib qoladi. Shu holatda tahorat yoki namozimiz buzilmaydimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ulamolar tahorat va namozni buzuvchi omillarni birma-bir sanaganlar. Ular ichida birovning avratiga ko‘z tushib qolish sababli buziladi, degan gap yo‘q. Birovning, xoh ayolning, xoh erkakning avratiga qarash sababli bavl yoki biror suyuqlik chiqmasa, tahorat sinmaydi. Ammo bu degani qarash, nazar solish mumkin ekan, deb tushunmaslik kerak. Chunki bunday ishlar aslo mumkin emas.

Bir narsani yodda tutish lozimki, namoz o‘qish uchun tayyorlanayotgan inson namoz o‘qish asnosida avratlari ochilib qolmasligining chorasini ko‘rishi kerak bo‘ladi. Chunki bir rukn (farz amali) miqdoricha avratining to‘rtdan biri ochilib tursa, uning namozi buziladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi