Namangan viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan imom-xatiblar joylardagi kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalar hamda nogironligi bor shaxslar holidan xabar olib, ularning ko'ngillarini ko'tarib shodlik ulashmoqdalar.
Bugun, manashunday saxovat tadbirlaridan biri Namangan shahrida o'tkazildi. Unda eshitish va gapirishda imkoniyati cheklangan fuqarolarning bir guruhiga Ramazon hadyalarni ulashildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Kulol-Qo‘rg‘on" jome masjidi imom noibi Bahodir domla Muhammadiyev O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasidagi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida g‘olib deb topildi.
Imom-domlamizning ilmiy faoliyati, ta’lim sohasidagi tashabbuslari hamda fidokorona mehnatlari yuqori baholanib, u kishi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» xalqaro esdalik va sharaf nishonlari hamda maxsus guvohnoma bilan taqdirlandilar.
Bahodir domlani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaymiz!
Alloh taolo domlamizning ilmlarini bundan-da ziyoda qilsin, dinimiz va el-yurtimiz rivoji yo‘lidagi ijodiy va ilmiy faoliyatlariga baraka bersin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati