Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyun, 2025   |   1 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
26 Iyun, 2025, 1 Muharram, 1447

Diniy ta’lim muassasalarida ochiq muloqotlar o‘tkazildi

01.11.2024   19755   2 min.
Diniy ta’lim muassasalarida ochiq muloqotlar o‘tkazildi

Joriy yilning 21-31 oktyabr kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari talabalari va pedagog-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari ishtirokida “Xususiy tartibda diniy ta’lim berishning huquqiy oqibatlari: nazariy asoslari va amaliy jihatlari” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi. 

Mazkur tadbirlar ta’lim muassasalarning “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” mas’ullari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlarini ishtirokida tashkil etildi. Davra suhbatlarida yoshlarning ekstremistik va turli oqimlarning yot g‘oyalari ta’siriga tushib qolishini oldini olish bo‘yicha so‘z yuritildi. 

Shu bilan birga ta’lim muassasalar kesimida “Sog‘lom e’tiqod – ekstremizmga qarshi kurashning ma’naviy asosi”, “Vijdon erkinligi qonunda diniy ta’lim olish tartibi”, “Missionerlik va prozelitizmning ma’naviy barqarorlikka tahdidi hamda uni oldini olish masalalari”, “Biz terrorizmga qarshimiz” mavzularida ham qo‘shimcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlarga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimlari, huquq-tartibot organ mas’ullari va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining mintaqaviy filiallari o‘qituvchilari taklif etildi.

Davra suhbatlar davomida mamlakatimizda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekiston Respublikasida qonuniy litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalar va ularda yaratilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda ta’lim muassasasi pedagog-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talabalariga xususiy tartibda diniy ta’lim berishning huquqiy oqibatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, mavzular yuzasidan tayyorlangan videoroliklar taqdim etish barobarida voyaga yetmagan shaxslarning qonuniy haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida yangi qonun loyihasi ishlab chiqilgani, unga ko‘ra endilikda ota-onalar yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan farzandini noqonuniy diniy ta’limga jalb etish ma’muriy javobgarlikka tortishga asos bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbirlar yakunida mavzu yuzasidan ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Abdunosir Bobamirzayev, 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
mas’ul xodimi

Diniy ta’lim muassasalarida ochiq muloqotlar o‘tkazildi Diniy ta’lim muassasalarida ochiq muloqotlar o‘tkazildi Diniy ta’lim muassasalarida ochiq muloqotlar o‘tkazildi Diniy ta’lim muassasalarida ochiq muloqotlar o‘tkazildi Diniy ta’lim muassasalarida ochiq muloqotlar o‘tkazildi Diniy ta’lim muassasalarida ochiq muloqotlar o‘tkazildi Diniy ta’lim muassasalarida ochiq muloqotlar o‘tkazildi Diniy ta’lim muassasalarida ochiq muloqotlar o‘tkazildi Diniy ta’lim muassasalarida ochiq muloqotlar o‘tkazildi
Boshqa maqolalar

Ashuro kuni ushbu 2 amalni bajarishni unutmang!

23.06.2025   4383   1 min.
Ashuro kuni ushbu 2 amalni bajarishni unutmang!

G‘aflatda qolmang! Ertaga Ashuro kuni: Ro‘za tutishni va oilangizga kengchilik qilishni unutmang!


Ashuro kuni ro‘za tutish o‘tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo‘ladi.

Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Ashuro kunining ro‘zasi Allohdan umid qilamanki bir yil oldingi gunohlarga kafforat bo‘ladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Esda tuting! Muharram oyining yolg‘iz o‘ninchi kunida emas, bu kunga qo‘shib, bir kun oldingi yoki bir kun keyingi kunda ham ro‘za tutish lozim.

 

Ashuro kuni yaqinlarga kengchilik qilish – bir yillik kengchilikka sabab bo‘ladi.

Abu Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy alayhissalom: Kim Ashuro kuni ahli ayoliga hadya ulashsa, Alloh yilning barchasida unga ham hadya ulashadi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayh: “Bu hadisni oltmish yil tajriba qildim va faqatgina yaxshilik ko‘rdim”.

 

Davron NURMUHAMMAD