Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
عَنِ الْعَوَّامِ بْنِ حَوْشَبٍ قَالَ: قَالَ لِي مُجَاهِدٌ: لَا يَرْفَعُ وَلَدٌ يَدَ وَالِدِهِ عَنْهُ، يَدَعُهُ يَصْنَعُ بِهِ مَا شَاءَ.
Avvom ibn Havshabdan rivoyat qilinadi: «Mujohid menga: «Bola o‘zidan otasining qo‘lini qaytarmaydi. Ota uni nima qilsa, tek qo‘yadi», dedi».
Sharh: Agar ota bolasini urib turgan bo‘lsa ham, farzand uning qo‘lini qaytarmaydi. Balki tek qo‘yadi, nimani xohlasa, qilsin. Ba’zi vaqtlarda ota-ona qandaydir bir holatga tushib, qo‘l ko‘targanda ham farzand indamay turishi, ota-onasining qo‘lini qaytarmasligi, siltamasligi, o‘qrayib qaramasligi kerak. Mayli, ota-ona nima qilsa qilsin, farzand sabr qilsa, savob oladi.
Albatta, otaning voyaga yetgan bolasini urishi nodir holat. Ammo mabodo shu ish sodir bo‘lib qolsa, bola o‘zidan otaning qo‘lini qaytarmasligi kerak bo‘ladi.
«Yaxshilik va silai rahm» kitobi 1-juz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning Matbuot va media bo‘limi xodimi Davronjon Tursunovning volidai muhtaramalari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan hoji onaning yaqinlariga xususan, Davronjon hoji Tursunovga hamdardlik bildiramiz.
Janoza namozi bugun, asr namozidan so‘ng "Eshonxo‘ja ota" jome masjidida o‘qiladi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz