Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Yanvar, 2026   |   4 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:42
Peshin
12:40
Asr
15:46
Shom
17:32
Xufton
18:48
Bismillah
23 Yanvar, 2026, 4 Sha`bon, 1447

Tahoratning miyaga ta’siri

04.11.2024   5468   2 min.
Tahoratning miyaga ta’siri

Yillar o‘tgan sayin ilmiy kashfiyotlar aniqlagan natijalar Alloh taolo tomonidan insonga buyurilgan barcha narsalar shubhasiz foydali ekanligini isbotlamoqda.

Miya yarim sharlari dominant prinsip bo‘yicha ishlaydi, ya’ni biri faollashsa, ikkinchisining ham ishlash faoliyatini ta’minlaydi yoki aksincha ikkinchisi nargisining ham o‘rniga ishlay oladi. Bu degani miya doimo faol bo‘lib, tananing tabiiy ehtiyojlarni qondirishda yarim shar qolgan qismini ham o‘rnini bosadi. Tahorat butun miyani, ya’ni har ikki yarim sharlarni optimal faollashtirishi tadqiqotlarda aniqlangan.

Ingliz olimi V.Penfild 1956 yilda kashfiyot qilib, terining ayrim joylarini ishqalash natijasida miya yarim sharlari faollashishini aniqladi. Tahoratda tana a’zolari uch marta yuviladi, bu eng maqbul ishqalash xususiyatini beradi. O‘zining kashfiyoti bilan mashhur bo‘lgan olim V.Penfildning diagrammasida tahorat paytida miyaning deyarli butun qobig‘i, taxminan 83% faollashgani qayd etilgan.

Diagramma ko‘rsatadiki, tana a’zolarining ayrim qismlarini yuvganda, butun tanani yuvishdan ko‘ra, miya yarim sharlari ko‘p miqdorda faollashadi. Sunnatga ko‘ra, nafaqat namozdan oldin, balki diqqatni jalb qiladigan, tez fikrlashga, o‘zgaruvchan qarorlar berish uchun miyaning maksimal faolligi talab etiladigan sayohat, ilmiy faoliyat, uchrashuvlarga borishda, omma oldiga chiqishda, shifokorlar operatsiyaga kirishda, muhandislar dastgohda ish boshlashda va shunga o‘xshash boshqa muhim ishlardan oldin ham tahorat olish tavsiya etiladi.

Ilmiy tadqiqotlar tahoratning ta’siri haqida ko‘plab yangi bilimlar olishga imkon yaratmoqda, shu bilan birga islomdagi har bir harakat va amallar chuqur ilmiy asosga ega ekanligini dalillamoqda.

Buyuk olim Imom Shofe’iy din va tana ilmi, ya’ni tibbiyot eng muhim ekanligini ta’kidlagan. Ilm islomning ajralmas qismi hisoblanadi. Ilmga intilish amallarni ongli bajarishga undaydi va ishonchni mustahkamlaydi. Zero, hadisda ilm o‘rganish ko‘plab nafl namoz va ro‘za tutgandan afzal ekanligi aytilgan. Qur’oni karimda Oli Imron surasining 18-oyatida Alloh taolo farishtalardan keyin olimlarni zikr qilgan. Ya’ni, ilm sohiblari yaratilganlar orasida eng yuqori maqomlarda turadi.

Demak, tadqiqotlardan ma’lum bo‘ladiki, kuniga besh marta tahorat oladigan insonning miya yarim sharlari, boshqalarnikiga nisbatan faolroq ishlar ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadis va sunnatlarida esa, doimo tahoratli bo‘lishga chaqiriladi.

TII Hadis va Islom tarixi fanlari kafedrasi
katta o‘qituvchisi Po‘latxon Kattayev

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Taniqli ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov xotirlandi

22.01.2026   4699   1 min.
Taniqli ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov xotirlandi

Kitob tumanidagi Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida taniqli ulamo, ko‘p yillar davomida diniy-ma’rifiy sohada fidokorona xizmat qilgan Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirning muhim jihatlari:
 

– Anjumanda allomaning farzandi, ko‘p yillar diniy sohada samarali mehnat qilgan Muhammad Akmalxon domla Shokirov ishtirok etdi.

– Ta’lim muassasasi mudiri O‘tkir G‘uzarov Shayx hazratlarining ilm-fan va ma’rifat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini alohida qayd etdi.

– Muhammad Akmalxon domla otalarining hayot yo‘li, ilmga bo‘lgan ixlosi va jamiyat manfaati yo‘lidagi ibratli faoliyati haqida so‘zlab berdi.

 

Tadbir davomida talabalarga:

– Ilm olishning yuksak maqomi;

– Odob-axloq me’yorlariga rioya qilish;


– Ilm sohibiga xos mas’uliyatni his etish borasida qimmatli nasihatlar berildi.

Tadbir yakunida Qur’on tilovat qilinib, o‘tganlar haqiga duolar qilindi.

Ezgu niyatlar bilan yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi so‘raldi.

Xojabuxoriy.uz

Taniqli ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov xotirlandi Taniqli ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov xotirlandi Taniqli ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov xotirlandi Taniqli ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov xotirlandi Taniqli ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov xotirlandi Taniqli ulamo Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov xotirlandi
O'zbekiston yangiliklari