Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyun, 2025   |   7 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:09
Quyosh
04:51
Peshin
12:26
Asr
17:34
Shom
19:54
Xufton
21:30
Bismillah
03 Iyun, 2025, 7 Zulhijja, 1446
Yangiliklar

Perlis muftiysi bilan uchrashuv o‘tkazildi

07.11.2024   8295   1 min.
Perlis muftiysi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Shu yil 5 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Malayziyaning Perlis viloyati muftiysi Muhammad Asriy bin Zaynul Obidinni qabul qildi.  

Uchrashuv avvalida Homidjon domla mehmonni tashrif bilan qutlab, yurtimizdagi diniy-ma’rifiy sohada bo‘layotgan yangilik va o‘zgarishlar xususida so‘z yuritib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati, xususan, Xalqaro aloqalar, Masjidlar bilan ishlash, Matbuot va axborot-tahlil, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limlari va Fatvo markazi, “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyoti hamda idoraning hududiy bo‘limlari haqida ham atroflicha ma’lumot berdi.  


Shuningdek, diyorimiz ulamolar zamini ekani, ularning nomidagi Imom Buxoriy, Imom Moturudiy, Imom Termiziy kabi ilmiy-tadqiqot markazlari ish olib borayotgani haqida so‘z yuritdi. 

O‘z navbatida, Muhammad Asriy bin Zaynul Obidin ham samimiy qabul va ma’lumotlar uchun tashakkur bildirib, haqiqatan bu diyor Islom olamiga Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturudiy singari buyuk ulamolarni yetishtirib bergani, bu buyuk xizmatdan butun Islom olami minnatdor ekani, ajam diyoridan ana shunday olimlarning chiqishi Haq taoloning marhamati va ushbu diyor mo‘min-musulmonlarining mashaqqatli va xolis mehnati evaziga bo‘lganini ta’kidladi. 

Shu bilan birga, bugungi kunda O‘zbekiston musulmonlari idorasining barcha bo‘limlari qatorida Fatvo markazi va Xotin-qizlar bo‘limi qizg‘in faoliyat yuritishi alohida ahamiyatga egaligini bildirdi. 

Muloqot so‘ngida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilib, o‘zaro hadyalar ulashildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Perlis muftiysi bilan uchrashuv o‘tkazildi Perlis muftiysi bilan uchrashuv o‘tkazildi Perlis muftiysi bilan uchrashuv o‘tkazildi Perlis muftiysi bilan uchrashuv o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Haj – 2025: Ayol ziyoratchilarga ibodat va tibbiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi

03.06.2025   570   1 min.
Haj – 2025: Ayol ziyoratchilarga ibodat va tibbiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi

#xabar #haj2025

Shu kunlarda Makkai mukarramada haj amallarini ado etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ziyoratchilar uchun taniqli ulamolar, imom-domlalar bilan bir qatorda mutaxassis va otinoyilar tomonidan ham ma’rifiy suhbatlar uzviy davom ettirilmoqda. 


Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim xodimi Munira Abubakirova va Toshkent shahar Yangihayot tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Sijoat Sharipova yurtimizning har bir hududidan kelgan ayol ziyoratchilar ishtirokida suhbatlar o‘tkazmoqda. 


Shuningdek, oliy toifali shifokor Muhabbat Saatova ham tibbiy maslahatlar bermoqda. 


Ma’rifiy uchrashuvlarda muborak zaminda toat-ibodat, duoyu zikr va ziyorat bilan mashg‘ul bo‘lib turgan diyorimiz ayollariga haj ibodati ruknlari, fazilatlari va safarda ayollarga oid tibbiy masalalar ham atroflicha tushuntirilmoqda. Ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Haj – 2025: Ayol ziyoratchilarga ibodat va tibbiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi Haj – 2025: Ayol ziyoratchilarga ibodat va tibbiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi Haj – 2025: Ayol ziyoratchilarga ibodat va tibbiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi Haj – 2025: Ayol ziyoratchilarga ibodat va tibbiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi Haj – 2025: Ayol ziyoratchilarga ibodat va tibbiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi Haj – 2025: Ayol ziyoratchilarga ibodat va tibbiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi Haj – 2025: Ayol ziyoratchilarga ibodat va tibbiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi Haj – 2025: Ayol ziyoratchilarga ibodat va tibbiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi Haj – 2025: Ayol ziyoratchilarga ibodat va tibbiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi
O'zbekiston yangiliklari