Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2026   |   20 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:16
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2026, 20 Rajab, 1447
Maqolalar

Muloyimlik

08.11.2024   5160   1 min.
Muloyimlik

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Muloyimlik – g‘azabga mag‘lub bo‘lmaslik, dag‘al so‘z aytish va qo‘pol muomala qilishdan saqlanishdir. Banda birovning fikriga qarshi ekanini qo‘pollik va qo‘rslik qilmasdan ham bildirishi yoki xayrixohlik, tavoze va mehribonlik ko‘rsatgan holda e’tiroz qilishi ham mumkin.

Agar biror yosh bolaning tarbiyasi uchun unga g‘azab qilish zarur bo‘lsa ham faqat kerakli miqdorda va me’yorda bo‘lsin.

Shuningdek, har mavzuda odamlar bilan tortishish, bahs qilish va janjallashishdan saqlansin va ular bilan imkon qadar yaxshi gumonda bo‘lib muomala qilsin. Kim bilandir oldi-sotdi va boshqa muomala qilishga to‘g‘ri kelsa, narx-navo va kelishuvlarda aytganida qaysarlik bilan turib olmasin. Agar ish ma’qul kelsa, qabul qilsin, bo‘lmasa, tark etsin. Lekin boshqalarni o‘zining gapini tan olishga majbur qilmasin.

رَحِمَ اللَّهُ رَجُلاً سَمْحًا إِذَا بَاعَ وَإِذَا اشْتَرَى وَإِذَا اقْتَضَى

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sotganda, sotib olganda va qarzini talab qilganda oliyjanoblik ko‘rsatgan kishiga Alloh rahm qilsin», dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

مَنْ أَنْظَرَ مُعْسِرًا أَوْ وَضَعَ لَهُ أَظَلَّهُ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ تَحْتَ ظِلَّ عَرْشِهِ يَوْمَ لَا ظِلَّ إِلَّا ظِلُّهُ

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim kambag‘alga muhlat bersa yoki qarzini kechsa, soya bo‘lmagan Qiyomat kunida Alloh uni O‘z arshi soyasida soyalantiradi», dedilar (Imom Muslim rivoyati).

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Islom milliylikni emas, millatchilikni qoralaydi

08.01.2026   3426   1 min.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari

MUFTIY MINBARI