Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Imom Hasan roziyalloxu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan o‘n uchta hadis rivoyat qilganlar. Ulardan biri o‘rganayotgan mavzumiz bilan bog‘liqdir:
«Ey insonlar! Men sizlarga Alloh buyurgan narsadan boshqa narsani buyurmayman va U qaytargan narsadan boshqa narsani man ham qilmayman. Rizq qidirishda yaxshilik bilan qidiring. Jonim qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamki, o‘limingiz sizni qidirib topganidek, rizqingiz ham sizni izlab topadi. Agar rizqingizni topishga qiynalayotgan bo‘lsangiz, uni izlashda Allohga itoat qilishdan og‘ishmang».
«Millioner sahobalar» kitobidan