Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Avgust, 2026   |   1 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:02
Quyosh
05:31
Peshin
12:28
Asr
17:21
Shom
19:28
Xufton
20:54
Bismillah
14 Avgust, 2026, 1 Rabi`ul avval, 1448

“YIL IMOMI” G‘OLIBI MUHAMMADBOBUR DOMLA HAJ YO‘LLANMASI BILAN TAQDIRLANDI

13.11.2024   34965   2 min.
“YIL IMOMI” G‘OLIBI MUHAMMADBOBUR DOMLA HAJ YO‘LLANMASI BILAN TAQDIRLANDI

#yil_imomi #tanlov
 Bugun, 13 noyabr kuni Respublikamiz masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va noiblar ishtirokida intiqib kutilgan “Yil imomi – 2024” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar imom domla o‘zaro bellashdi.

 Nufuzli musobaqa ishtirokchilari Qur’oni karim qiroati va tafsiri, aqida, fiqh, Islom tarixi, hadis ilmlari, allomalar ijodiga oid savollarga javob berdilar. Shuningdek, mehnat faoliyatlari davomida amalga oshirgan salmoqli ishlari va OAVlarida e’lon qilingan ijodlarini namoyish etdilar. 

Qatnashchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan mezonlar asosida baholandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar sovrinli o‘rinlarga munosib deb topildi:

1-o‘rin – Namangan viloyati “Homiddin qori” jome masjidi imom-xatibi Muhammad Bobir domla Nasriddinovga I darajali diplom va Haj safari yo‘llanmasi;

2-o‘rin – Toshkent shahridagi “Firdavs” jome masjidi imom-xatibi Baxtiyor domla Sattorovga II darajali diplom va 16 mln. so‘m pul mukofoti; 

3-o‘rin – Toshkent viloyati “Chanoq” jome masjidi imom-xatibi Yoqub domla Buxarbayevga III darajali diplom va 13 mln. so‘m pul mukofoti topshirildi. 

Shuningdek, tanlovning "Yilning eng fidoiy imomi" Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Mulla Is'hoq” jome masjidi imom-xatibi Altinbek domla Zinullayev va Xorazm viloyati “Mirhoshim bobo” jome masjidi imom-xatibi Ollabergan domla G‘oyipovga nasib etdi. 

 Musobaqa yakunida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari “Yil imomi – 2024” sohibiga Haj yo‘llanmasini topshirish asnosida ezgu tilak va xayrli duolarni bildirdilar. 

 Tanlovning barcha ishtirokchilariga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. 

 Alloh taolo g‘oliblarga mukofotlarni muborak aylab, barcha ishtirokchilarning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar  ato etsin. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 MUSLIM.UZ

“YIL IMOMI” G‘OLIBI MUHAMMADBOBUR DOMLA HAJ YO‘LLANMASI BILAN TAQDIRLANDI “YIL IMOMI” G‘OLIBI MUHAMMADBOBUR DOMLA HAJ YO‘LLANMASI BILAN TAQDIRLANDI “YIL IMOMI” G‘OLIBI MUHAMMADBOBUR DOMLA HAJ YO‘LLANMASI BILAN TAQDIRLANDI “YIL IMOMI” G‘OLIBI MUHAMMADBOBUR DOMLA HAJ YO‘LLANMASI BILAN TAQDIRLANDI “YIL IMOMI” G‘OLIBI MUHAMMADBOBUR DOMLA HAJ YO‘LLANMASI BILAN TAQDIRLANDI “YIL IMOMI” G‘OLIBI MUHAMMADBOBUR DOMLA HAJ YO‘LLANMASI BILAN TAQDIRLANDI “YIL IMOMI” G‘OLIBI MUHAMMADBOBUR DOMLA HAJ YO‘LLANMASI BILAN TAQDIRLANDI “YIL IMOMI” G‘OLIBI MUHAMMADBOBUR DOMLA HAJ YO‘LLANMASI BILAN TAQDIRLANDI “YIL IMOMI” G‘OLIBI MUHAMMADBOBUR DOMLA HAJ YO‘LLANMASI BILAN TAQDIRLANDI “YIL IMOMI” G‘OLIBI MUHAMMADBOBUR DOMLA HAJ YO‘LLANMASI BILAN TAQDIRLANDI
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

YUNЕSKO bilan O‘zbekiston mahalla tizimi tajribasini xalqaro darajada targ‘ib qilish masalasi muhokama qilindi

14.08.2026   1868   1 min.
YUNЕSKO bilan O‘zbekiston mahalla tizimi tajribasini xalqaro darajada targ‘ib qilish masalasi muhokama qilindi

O‘zbekiston va YUNЕSKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi kotibiyati vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Mamlakatimizning YUNЕSKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi ko‘magida tashkil etilgan muloqotda mahalla bilan bog‘liq madaniy an’ana va urf-odatlar, ularni xalqaro darajada targ‘ib qilish istiqbollari muhokama qilindi.

YUNЕSKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi kotibi Fumiko Oxinata va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi uchun mas’ul dastur mutaxassisi Nikolas Tan mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

O‘zbekiston tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda YUNЕSKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi vakillari mahallaning ko‘p asrlik tarixi, uning jamiyat hayotidagi alohida o‘rni va milliy an’analarni saqlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda mahalla O‘zbekiston xalqi turmush tarzining ajralmas qismi ekani ta’kidlandi. U insonlarni yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro yordam, hamjihatlik va katta avlod vakillariga hurmat tamoyillari asosida birlashtiradi.

YUNЕSKO Kotibiyati vakillari taqdim etilgan materiallarga katta qiziqish bildirdi. Ular O‘zbekistonda mahalla bilan bog‘liq shakllangan jamoat hayoti tartibining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tirof etdi.

Suhbat davomida O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosni targ‘ib qilishdagi roli alohida qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan, o‘zbek mahalla tizimi tajribasi YUNЕSKO Kotibiyati mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari