Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
O‘zimizga bir savol berib ko‘raylik. Mazhabda biz Abu Hanifaning so‘ziga suyanamizmi yoki mazhabdagi murajjih (ya’ni ixtilofli masalalarning biri ikkinchisidan ustun ekanini bayon qilgan) ulamolarning so‘zigami?
Javob: Mazhabdagi murajjih ulamolarning so‘ziga.
Ibn Obidin «Rosmul-muftiy»da mazhab ichidagi mujtahidlarning gapini olishimiz kerak, deb qaror qilgan, ya’ni agar ulamolar Abu Hanifaning so‘zini ma’qullashsa, shuni olamiz. Agar boshqasini tarjih qilishsa, shunga yuriladi. Mana shulardan tezkor xulosa qilishimiz mumkinki, biz, ya’ni Ahli sunna shaxsga taqlid qilmaymiz, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan boshqalar ma’sum emas. Hatto sahoba ham xato qilishi mumkin, Abu Hanifa ham xato qilishi mumkin, hamma xato qilishi mumkin. Shunday ekan, kuchli yo‘l turib, nega xato qilish chegarasiga kirish kerak?
«Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobidan
Hishom ibn Hasan Hasan Basriy rahimahullohga dedi: “Men Qur’onni o‘rganaman, bu vaqtda onam meni kechki ovqatga kutib o‘tiradilar”, dedi.
Hasan Basriy rahimahulloh unga: “Sen onang bilan ovqatlanib uning ko‘zini quvnatishing, mening nazdimda nafl haj qilganingdan ko‘ra suyukliroqdir!” dedi.
Ibn Javziyning “Birrul validayn” asaridan.