Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Ulamolar masalalarni diqqat bilan o‘rganib, tahqiq qilishadi. Shuning uchun bir masalada turli o‘lkalarda avloddan avlodga ma’lum bir fatvoga ko‘ra amal qilib kelinadi. Barcha ulamolar mana shu masalaga muvofiq keladi. Natijada suyanishning eng oliy chegarasiga chiqib boriladi.
Bu suyanish nihoyatda quvvatli bo‘ladi, iymon keltiradigan darajada aniq bo‘lmasa-da, shunga yaqin keladi. Ahli sunnaning o‘ziga xos xususiyati mana shudir. Nima uchun bu fiqh zalolatdagi fiqh bo‘lmaydi? Chunki unda xato bo‘lish ehtimoli juda kam, chunki undagi ijtihod bir kishiga tegishli emaski, uning aksari xato bo‘lsa... Balki bu narsa ilmiy maktab ijtihodiga, qaroriga aylandi. Bunday ilmiy maktabda esa xato qilish ehtimoli juda kam bo‘ladi. Alloh taolo O‘zining dinini ilmiy maktablarning mana shunday tartibli ilmlari orqali muhofaza qildi.
Aks holda Alloh taolo O‘zining dinini Zayd, Amr yoki Yusufning qo‘lida, ya’ni bir yoki bir necha kishining qo‘lida muhofaza qilgan bo‘lib qolar edi. Bu gapga aql bovar qiladimi? Yo‘q. Alloh taolo O‘zining dinini kuchli, asosli, juda ko‘p ulamolarni o‘z ichiga olgan qat’iy, sobit ilmlar orqali muhofaza qiladi.
«Hanafiy mazhabiga teran nigoh» kitobidan
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Ismimni qo‘yinglar, ammo kunyam bilan kunyalanmanglar" (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyati).
O‘tgan 2024 yili Germaniyada Muhammad ismi yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalar orasida eng mashhur ism bo‘lib, birinchi o‘rinni egalladi.
2023 yilda Angliya va Uelsda ham eng mashhur ism Muhammad bo‘lgandi. Fransiyada esa Karim ismi birinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, Muhammad ismi birinchi marta Britaniyada o‘g‘il bolalar uchun eng mashhur ism bo‘ldi. Bu haqda The Guardian manbasi xabar berdi.
O‘g‘il bolalar orasida Nuh ismi ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Oliviya birinchi o‘rinni saqlab qoldi.