Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Oktabr, 2025   |   5 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:29
Quyosh
06:48
Peshin
12:12
Asr
15:43
Shom
17:29
Xufton
18:42
Bismillah
27 Oktabr, 2025, 5 Jumadul avval, 1447
Yangiliklar

22.11.2024   2421   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Valiylarning karomati haq

24.10.2025   2168   1 min.
Valiylarning karomati haq

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Imom Hokim Muhammad ibn Munkadirdan rivoyat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mavlolari Safina roziyallohu anhu aytadilar: "Men qayiqqa mindim. Bir payt qayig‘im sinib qoldi va men kayiqning yog‘ochiga o‘rnashib oldim. Yog‘och meni qamishzorga olib borib tashladi. U yerda sher bor edi. Bir payt sher men tomon kela boshladi. Shunda: "Ey Abu Horis (sherni shunday ataydilar)! Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mavlolari bo‘laman", dedim. Sher boshini silkib, men tomon keldi va meni yelkasi bilan itarib qamishzordan chiqarib qo‘ydi, keyin past ovozda go‘yo men bilan xayrlashgandek ovoz chiqarib o‘z yo‘liga ketdi. Shundan keyin men u sherni boshqa ko‘rmadim" (Imom Buxoriy ham "Tarixul kabir"da rivoyat qilganlar).

Homidjon qori ISHMATBЕKOV