Bismillahir Rohmanir Rohiym
الوَاحِدُ
67. Al-Vahid.
Yagona, bitta. U zot zotida ham, sifatlarida, ishlarida ham yagonadir.
الصَّمَدُ
68. As-Somad.
Hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga tushadi.
القَادِرُ
69. Al-Qodir.
Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. Har bir ish unga osondir.
المُقْتَدِرُ
70. Al-Muqtadir.
Juda ham qudratli.
المُقَدِّم
71. Al-Muqaddim.
Oldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlagan shaxs va narsasidan oldinga suradi.
المُؤَخِّر
72. Al-Muaxxir.
Orqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani, xohlagan shaxs va narsasidan orqaga suradi.
الأَوَّلُ
73. Al-Avval.
U hamma narsadan avval, ya’ni, barcha mavjudotlar yo‘qligida Alloh bor edi.
الْآَخِرُ
74. Al-Oxir.
Hamma narsa yo‘q bo‘lib ketganda ham, Uning o‘zi qoladi.
الظَّاهِرُ
75. Az-Zohir.
Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir.
الْبَاطِنُ
76. Al-Botin.
Ko‘zlar ko‘rolmaydigan; barcha yashirin narsalarni biluvchi.
77. Al-Voliy.
Barcha narsani boshqaruvchi. Himoya qiluvchi
المُتَعَالِي
78. Al-Muta’oliy.
Qudrati, ulug‘ligi har narsadan ulug‘; har narsani bo‘ysundiruvchi
البَرُّ
79. Al-Barr.
Yaxshilik qiluvchi.
التَّوَابُ
80. At-Tavvob.
Bandalarni tavbaga yo‘llovchi va ularning tavbasini qabul qiluvchi.
المُنْتَقِم
81. Al-Muntaqim.
Zolim va osiylarni jazolovchi.
العَفُوّ
82. Al-Afuvv.
Afv qiluvchi.
الرَّؤُوفُ
83. Ar-Ra’uf.
O‘ta mehribon.
مَالِك المُلْك
84. Molikul mulk.
Koinotdagi barcha mulkning yagona egasi.
ذُو الجَلاَل و الأِكرَام
85. Zul jalol val ikrom.
Koinotdagi barcha mulkning tanho egasi.
المُقْسِط
86. Al-Muqsit.
Adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi.
الجَامِع
87. Al-Jomi’.
Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi.
الغَنِيُّ
88. Al-G‘aniy.
Behojat. Uning hech kimga va hech narsaga hojati tushmaydi.
المُغْنِي
89. Al-Mug‘niy.
Behojat qiluvchi. U zot o‘z bandalaridan xohlaganini behojat qilib qo‘yadi.
المَانِع
90. Al-Moni’.
Xohlagan bandasini boylikdan mahrum etuvchi. Asraguvchi.
الضَّار
91. Az-Zorr.
Xohlaganiga zarar qiluvchi.
النَّافِع
92. An-Nofi’.
Manfaat beruvchi.
النُّور
93. An-Nur.
Munavvar, nurli etuvchi.
الهَادِى
94. Al-Hodiy.
Hidoyat qiluvchi.
البَدِيع
95. Al-Badiy’.
Narsalarni yo‘qdan yaratuvchi
البَاقِي
96. Al-Boqiy.
Mangu, boqiy qoluvchi. U doimiy bordir.
الوَارِثُ
97. Al-Voris.
Mavjudotlar yo‘q bo‘lganda ham boqiy qoluvchi Zot.
الرَّشِيد
98. Ar-Roshiyd.
To‘g‘ri yo‘lga yo‘llovchi.
الصَّبُور
99. As-Sobur.
O‘ta sabrli. Gunohkorlarni azoblashga shoshilmaydi.
Davron NURMUHAMMAD
Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Xo‘jamulki" mahallasida "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida keng jamoatchilik va aholi vakillari ishtirokida qizg‘in obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Bu tashabbus mahalla hayotiga yangicha ruh baxsh etib, hamjihatlik va ezgulik muhitini yanada mustahkamlamoqda.
Azaliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan hashar an’anasi asosida mahalla ahli bir yoqadan bosh chiqarib, o‘z hududini yanada obod, fayzli va ko‘rkam maskanga aylantirish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda. Har bir fuqaroning qalbida Vatanga muhabbat, mahallaga ehtirom tuyg‘usi jo‘sh urib, ular bunyodkorlik ishlariga faol hissa qo‘shmoqdalar.
Xususan, mahalla hududidagi muqaddas qadamjolardan biri – "Xo‘jamulki ota" qabristonida keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Hashar ishtirokchilari tomonidan qabriston hududi begona o‘tlar va chiqindilardan puxta tozalanib, qabr ustilari tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida zarur ishlar olib borilib, ajdodlar xotirasiga chuqur ehtirom ko‘rsatilmoqda.
Bu kabi ezgu tashabbuslar mahallada obodlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash bilan birga, ajdodlarimiz xotirasiga bo‘lgan hurmatimizni namoyon etadi. Ayni paytda, yosh avlodga milliy qadriyatlarimizni singdirish, ularni Vatanga muhabbat va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga egadir. Bugungi hashar – kelajak avlod uchun namuna, ertangi kun uchun mustahkam poydevordir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Surxondaryo viloyati vakilligi Matbuot xizmati