Mehr va muruvvat oyi bo'lgan Ramazonda yurtimizning ko'plab saxovatli tadbirkorlari qatori bir qator musulmon davlatlari, Halqaro tashkilotlari ham mamlakatimizda umrguzaronlik qilayotgan kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalarga xayr-ehsonlar ajratib, ko'pchilikning duosini olmoqda.
Hususan, 26 mart – Ramazon oyining 16-kunida Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 1000 dona oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bo'lgan qutilar topshirildi. Bu jarayonda Turkiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar, TIKAning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Ali Riza Tezchan, “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv rahbari Isoxon Abdullayev va fondning xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo'yicha mutaxassisi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.
Shu kuniyoq xayr-ehson qutilari respublika bo'ylab tarqatilib, o'z egalariga etib borishi yo'lidagi sa'y-harakatlar boshlandi.