Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Avgust, 2026   |   22 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:50
Quyosh
05:18
Peshin
12:34
Asr
17:29
Shom
19:40
Xufton
21:10
Bismillah
05 Avgust, 2026, 22 Safar, 1448
Maqolalar

Qorin ochligi

25.11.2024   10920   1 min.
Qorin ochligi

Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qorinlari nihoyatda och edi. Yotib uxlamoqchi bo‘ldilar ammo uxlashga ham qiynaldilar. Bir muddatdan keyin o‘rinlaridan turib, bir toshni qorinlariga qo‘yib yotmoqchi bo‘ldilar. Bu holatni ko‘rgan Oisha roziyallohu anho onamiz qattiq havotirlandilar.

Oisha roziyallohu anho onamizning ko‘zlariga yosh keldi. “Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilsangiz, Siz uchun hamma narsa muhayyo bo‘ladiku”, dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mendan oldingi Payg‘ambarlar ham shu holatda ketishdi. Men ham Robbimning huzuriga shunday boraman”, dedilar.

Abu Tolha roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ochlikdan shikoyat qildik. Qornimizga (bog‘lab olingan) bittadan toshni olib ko‘rsatdik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkita toshni olib ko‘rsatdilar”.

Bugun uyingizda biror taom tayyorlayotganingizda yoningizdagi qo‘shningizning qorni och bo‘lishi mumkinligini esdan chiqarmang. Hovlingizda tutunini chiqarib tansiq taom pishirsangiz, qo‘shni xonadonda homilador kelin bo‘lsa, ularga ham chiqarishni unutmang. Qaynatma sho‘rva qilsangiz ovqatga ko‘proq suv soling bir kosa qo‘shniga ham berasiz.

Oisha onamiz roziyallohu anho: “Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oilasi bir kunda ikki marta yegulik yemagan, yesa ham bittasi xurmo bo‘lgan”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Akbarshoh RASULOV

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni Toshkent shahrida davom etmoqda

03.08.2026   6913   1 min.
Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni Toshkent shahrida davom etmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2026–2027 o‘quv yili uchun kirish test sinovlarining 2-hudud (Toshkent shahri) bosqichiga start berildi. Imtihonlar 2–3 avgust kunlari Chilonzor tumanidagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” jome masjidi Majlislar zalida o‘tkaziladi.
 

Jarayon shaffof va adolatli o‘tishi uchun Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Musulmonlar idorasi rahbarlari va mustaqil kuzatuvchilar jarayonni bevosita nazorat qilmoqda.


Abituriyentlarga qulayliklar va muhim eslatmalar:

  • Qulaylik: Abituriyentlar o‘zlari hujjat topshirgan hamda o‘zlariga yaqin bo‘lgan diniy ta’lim muassasasida imtihon topshirishlari mumkin.

  • Magistratura: Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti magistraturasiga hujjat topshirgan, arab tilidan sertifikati bor abituriyentlar testdan ozod etiladi. Ular 11 avgust kuni ijodiy imtihon topshiradi.

  • Zarur hujjatlar: Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID-karta) va ruxsatnoma.

  • Vaqt: Ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan 30 daqiqa oldin kelish talab etiladi. Soat 17:00 dan kechikkanlar testga kiritilmaydi.

  • Tartib: Telefon, aqlli soat, shporgalka va boshqa elektron qurilmalardan foydalanish qat’iyan man etiladi hamda chetlatishga asos bo‘ladi.

Manzil: Chilonzor tumani, Sugalli ota ko‘chasi, 5/1-uy.

Aloqa: +998 99 876 0310

Rasmiy manba: https://t.me/qabulmuslimuz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni Toshkent shahrida davom etmoqda Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni Toshkent shahrida davom etmoqda Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni Toshkent shahrida davom etmoqda Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni Toshkent shahrida davom etmoqda Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni Toshkent shahrida davom etmoqda Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni Toshkent shahrida davom etmoqda
O'zbekiston yangiliklari