Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2025   |   9 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:15
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2025, 9 Rajab, 1446
Maqolalar

Xotirani qanday kuchaytirsa bo‘ladi?

26.11.2024   2311   5 min.
Xotirani qanday kuchaytirsa bo‘ladi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Miyaning fikrlash qobiliyatini yaxshilashga erishish yo‘llaridan biri miyani yetishmayotgan vitaminlar va minerallar bilan to‘yintirishdir. Ma’lumki, Ye vitamini miya faoliyatini yaxshilaydi. Imtihondan oldin ko‘pchilikka ko‘proq yong‘oq yeyish va suv ichishni maslahat berishadi, chunki yong‘oq tarkibida Ye vitamin bor, bu xotirani yaxshilaydi. Ye vitamin tuxum, jigarrang guruch, yashil bargli sabzavotlar va don-urug‘larda ham mavjud. Qovoq urug‘lari ayniqsa asab tizimining holatini yaxshilash uchun foydalidir, chunki ularning tarkibida sink mavjud bo‘lib, u ham Ye vitamini kabi xotira va fikrlashni yaxshilaydi. Kuniga bir hovuch shunga o‘xshash urug‘larni iste’mol qilish sinkning kunlik ehtiyojini qoplaydi. Xotirani yaxshilaydigan mahsulotlardan biri Mavrak, ya’ni Salviadir.

Чем полезен шалфей?

Keyingi yegulik yog‘li baliqdir. U yong‘oq yog‘i kabi hayotiy muhim omega-3 kislotalarini o‘z ichiga oladi, ularning yetishmasligi xotira susayishi va alsgeymer kasalligiga olib keladi. Yog‘li baliqdagi yod miqdori aqliy ravshanlikni yaxshilaydi va butun tanani qo‘llab-quvvatlaydi.

Donlar. Xonaga kirganingizda nima uchun kelganingizni eslay olmasangiz, tanishlaringizning ismlarini eslay olmasangiz, bu signaldir – taomlanish tartibini o‘zgartirish vaqti keldi. Donlar, kepak va bug‘doyda B6 va B12 vitaminlari, shuningdek, foliy kislotalar mavjud. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu vitaminlar ayollar uchun, ayniqsa homiladorlik davrida juda muhim, chunki ular nafaqat homilador onaning sog‘lig‘ini mustahkamlaydi, balki uning qornidagi chaqaloqning asab tizimining yaxshi rivojlanishiga ham hissa qo‘shadi. Nonushtada vitaminlar bilan boyitilgan donlarni tez-tez iste’mol qiling. B12 vitamini va foliy kislotasi past bo‘lgan odamlarda alsgeymer, xotira bilan bog‘liq kasallik ikki baravarga ko‘payadi. B12 vitamini va foliy kislotasi organizmda homosistein to‘planishini oldini oladi, homosisteinning darajasi Altsgeymer kasalligi bilan og‘riganlarda bir necha baravar yuqori. Nonushta donlari nafaqat vitaminlar, balki murakkab uglevodlarning ham boy manbai bo‘lib, ular butun kun davomida energiyani oshiradi va ish vaqtida diqqatni jamlashga imkon beradi. Biroq, bugungi kunda ko‘pchilik do‘konlarda sotiladigan zamonaviy nonushta donlari juda ko‘p tuz va shakarni o‘z ichiga oladi, shuning uchun qadoqdagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘qib chiqing.

Вопрос недели: чем овсянка отличается от геркулеса?. Кулинарные статьи и  лайфхаки

Buta mevasi. “Chernika”ning xususiyatlari uzoq vaqtdan beri ma’lum bo‘lib, masalan, nevrologiya jurnallaridan birida Taftsa universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot nashr etilgan, natijada Buta mevasi – “Chernika” ekstrakti xotirasi past bo‘lgan bemorlarda ba’zi voqealarni eslab qolish qobiliyatini tiklashi aniqlangan.

Черника: полезные свойства для здоровья, противопоказания | Блог Amway

Qora smorodina ham shamollash paytida foydalidir, chunki uning tarkibida S vitamini ko‘p, bu vitamin aqliy hushyorlikni yaxshilaydi.

Gulkaramga o‘xshash brokkoli va pomidor kabi sabzavotlarda kuchli antioksidant bo‘lgan likopen mavjud. Bizning tanamizdagi hujayralar zararlanishi, saraton va miya hujayralari o‘limini oldini oladigan elementdir. Brokkoli kognitiv funksiya, idrok, anglash, fikrlashni rag‘batlantiradigan va umuman miya faoliyatini yaxshilaydigan K vitamini o‘z ichiga oladi.

Брокколи польза и вред для организма человека. Спорт-Экспресс

Olimlar xotirani susaytiradigan sabablar qatoriga gunohlarni ham qo‘shadilar. Imom Shofe’iy nafaqat taqvosi va ilmi bilan, balki mukammal xotirasi bilan ham mashhur edi. Uning xotirasi shu qadar yaxshi ediki, bozorlardan o‘tsa, o‘zgalarning suhbatini eshitmaslik, xotirasini keraksiz narsalar bilan to‘ldirmaslik uchun quloqlarini yopishga majbur bo‘lardi.  Biror narsani yodida saqlash uchun uni faqat bir marta o‘qishi kifoya edi. Ammo bir kuni u birinchi marta o‘qiganini eslay olmadi. Imom Shofe’iy ustoziga shu borada savol bilan murojaat qildi. Ustozi xotiraning yomonlashishiga qilingan biror gunoh sabab bo‘lishini ta’kidladi. Shundan so‘ng Imom Shofe’iy qanday gunoh qilgan bo‘lishim mumkin deb o‘ylab ko‘rdi va tezda tavba qildi. Shundan so‘ng, uning xotirasi avvalgi holiga qaytdi.

Musulmon uchun ilm olish istagi juda ham muhim bo‘lib, ilm olish uchun salomatlikning o‘rni beqiyos. Alloh taolo tanamizni bizga foydalanish uchun bergan va ularga qanday munosabatda bo‘lganimiz uchun javobgar, mas’ulmiz. Foydali bilim olish va ko‘proq savobli amallar qilish yo‘lidagi to‘siqlar kamayib borishi uchun tanamizning sog‘lom ishlashiga yordam beraylik.

Po‘latxon Kattayev,
TII Hadis va Islom tarixi fanlari kafedrasi
katta o‘qituvchisi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Farzand tarbiyasiga oid 6 oyat

9.01.2025   22   2 min.
Farzand tarbiyasiga oid 6 oyat

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Luqmoni Hakim o‘z o‘g‘illariga qilgan nasihatlari Qur’oni karimda keltiriladi.


Nasihatning eng birinchisi – shikrdan qaytarish.

“Ey, o‘g‘ilcham! Allohga shirk keltirmagin! Chunki shirk ulkan zulmdir” (Luqmon surasi, 13-oyat).

Shirk eng og‘ir zulm, eng qabih jaholat va eng katta gunoh sanaladi.


Nasihatning ikkinchisi – ota-onaning haqqini ado etish.

“Agar ular (ya’ni ota-onang) seni o‘zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo‘rlasalar, u holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo‘lsalarda) dunyoda yaxshi muomalada bo‘lgin” (Luqmon surasi, 15-oyat).

Ota-ona hatto mushrik bo‘lsalar-da, ularga qo‘pol munosabatda bo‘lmaslik talab etiladi.


Nasihatning uchinchisi – Alloh oshkor maxfiy har bir narsa bilib turuvchi Zot.

“Ey, o‘g‘ilcham! Shubha yo‘qki, agar xantal (o‘simligining) urug‘idek (yaxshi yoki yomon amal qilinadigan) bo‘lsa, bas, u (amal) biror xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki yer ostida bo‘lsa, o‘shani ham Alloh keltirur. Zero, Alloh lutfli va ogoh zotdir” (Luqmon surasi, 16-oyat).


Nasihatning to‘rtinchisi – namoz, amri ma’ruf, nahyi munkar va sabr.

“Ey, o‘g‘ilcham! Namozni barkamol ado et, yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolar)ga sabr qil!...” (Luqmon surasi, 17-oyat).


Nasihatning beshinchisi – ochiq yuzli, shirin so‘zli, tavoze’li bo‘lish, kibrlanmaslik.

“Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va yerda kerilib yurmagin! Chunki Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas” (Luqmon surasi, 18-oyat).


Nasihatning oltinchisi – baqir-chaqir qilmaslik.

(Yurganingda) o‘rtahol yurgin va ovozingni past qilgin! Chunki ovozlarning eng yoqimsizi eshaklar ovozidir(Luqmon surasi, 19-oyat).

 

Davron NURMUHAMMAD

 

Maqolalar