Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Rahmat dahasining so'nggi kuni ko'plab oilalarga quvonch ulashildi

21.03.2024   1759   1 min.
Rahmat dahasining so'nggi kuni ko'plab oilalarga quvonch ulashildi

Ramazon xayru ehsonlarga, yaxshiliklarga boy bo'lyapti. Mahalla faollari bilan maslahatlashgan holda ehsonga haqdor kishilar aniqlanib, ularning holidan xabar olinyapti.

Ramazon oyining mag'firat dahasi so'nggi kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov boshchiligida Toshkent tumani imom-xatiblarining tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda Toshkent, Bo'ka, Quyi Chirchiq, O'rta Chirchiq va Yangiyo'l tumanlari imomlari bilan birgalikda hududlardagi 500 ta kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilaga 14 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

 

 

 

 

Toshkent viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   17822   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari