Jumodul avval oyining oxirgi haftasida ro‘y bergan diniy-ma’rifiy sohadagi muhim yangiliklar bilan tanishing!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Samarqand viloyatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Ey bandalarim... Bir qudsiy hadis sharhi” kitobi taqdimot tadbiri o‘tkazildi.
Ma’rifiy anjumanda viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattorov, shahar va tuman bosh imom-xatiblari, shuningdek Urgut tumanida xizmat qilayotgan imom-xatiblar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Xayrullo domla Sattorov Muftiy hazratlarining ushbu asari haqida batafsil ma’lumot berdi. Ta’kidlanishicha, “Ey bandalarim...” kitobi qalb tarbiyasi, ma’naviy yuksalish va insonning islomiy axloq-odobini yuksaltirishda muhim manbalardan biri bo‘ldi.
Shuningdek, so‘zga chiqqanlar asarning o‘ziga xos mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati va o‘quvchiga beradigan ruhiy-ma’navi ta’siri haqida ham alohida to‘xtalib o‘tishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati