Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:19
Quyosh
07:44
Peshin
12:25
Asr
15:15
Shom
17:00
Xufton
18:19
Bismillah
19 Dekabr, 2025, ,

FUQAROLAR E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKDAN MAMNUN BO‘LMOQDA

04.12.2024   42506   -2 min.
FUQAROLAR E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKDAN MAMNUN BO‘LMOQDA

Bugun, 4 dekabr chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yurtimizning turli hududlaridan kelgan fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini ijobiy hal etish chora-tadbirlarini ko‘rdilar.

Qabul jarayonida Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridan kelgan fuqarolarning masjidlar holati, imom-xatiblar faoliyati, oilaviy masalalar, diniy ta’lim, haj-umra hamda moddiy yordam olish yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi. Qayd etish kerakki, moddiy yordamlar tegishli hujjatlar asosida o‘rnatilgan tartib-qoida asosida taqdim etildi.

Darhaqiqat, birovning dardini yengillatish, uning tashvishlari osongina bartaraf etilishiga hissa qo‘shish – savobi ulug‘ amal. Chunonchi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “... Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishni aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Ana shu nabaviy ta’limotga asosan bugun Shayx hazratlari mutasaddilar bilan birga turli masalalar bilan murojaat qilgan kishilarning tashvishlari arishiga ko‘maklashdilar. Iliq kutib olingan fuqarolar mutasaddilardan mamnun bo‘lib, murojaatlari ijobiy yechim topganidan mamnun holda qaytdilar.

Mana shunday qabul jarayonlari mamlakatimizdagi barcha jome masjidlarda haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

FUQAROLAR E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKDAN MAMNUN BO‘LMOQDA FUQAROLAR E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKDAN MAMNUN BO‘LMOQDA FUQAROLAR E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKDAN MAMNUN BO‘LMOQDA FUQAROLAR E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKDAN MAMNUN BO‘LMOQDA FUQAROLAR E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKDAN MAMNUN BO‘LMOQDA FUQAROLAR E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKDAN MAMNUN BO‘LMOQDA FUQAROLAR E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKDAN MAMNUN BO‘LMOQDA FUQAROLAR E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKDAN MAMNUN BO‘LMOQDA FUQAROLAR E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKDAN MAMNUN BO‘LMOQDA FUQAROLAR E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKDAN MAMNUN BO‘LMOQDA
Boshqa maqolalar
Videolar

Internet ustozmi?

15.12.2025   3331   1 min.

Abduqahhor domla Yunusov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi

VIDEO