Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Oktabr, 2025   |   10 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:03
Quyosh
06:21
Peshin
12:17
Asr
16:18
Shom
18:07
Xufton
19:19
Bismillah
02 Oktabr, 2025, 10 Rabi`us soni, 1447
Videolar

Juma salomi - Inson aziz va mukarram

06.12.2024   5009   1 min.

No‘monxon Yahyoxon,
Toshkent islom instituti talabasi  

Videolavhalar
Boshqa maqolalar

Musulmon va musulmon bo‘lmaganlarni o‘ldirish orasida hech qanday farq yo‘q

02.10.2025   1300   2 min.
Musulmon va musulmon bo‘lmaganlarni o‘ldirish orasida hech qanday farq yo‘q

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Islom dini tinchlik dini, u jamiyatning barcha a’zolarini, irqi, jinsi, dini, tabaqasidan qat’iy nazar ularning hayotini, mol-mulkini, or-nomusini saqlashlikni kafolatini olgan din.

Shuningdek, musulmon yoki musulmon bo‘lmagan mamlakatlarda istiqomat qilayotgan boshqa din vakillarining joni, moli va obro‘-e’tiborini muhofaza qilishlikni har bir mo‘min-musulmoning zimmasiga vazifa qilib yuklagan dindir.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining ohirgi xutbalarida insonlar hayoti, mol-mulkini va obro‘-e’tiborini saqlash haqida bunday dedilar: “Albatta, Alloh taolo qoningiz, molingiz va nomusingizni bir-biringiz uchun mana shu muqaddas shahringiz, tabarruk oyingiz va ulug‘ ayyomingiz kabi muqaddas ayladi[1]”.

Ushbu hadisga ko‘ra, bir odamni nohaq o‘ldirish, uning moliga tajovuz qilish, obro‘siga putur yetkazishlik mutlaqo taqiqlanadi.

Darhaqiqat, musulmon yoki boshqa din vakilini ular qayerda yashashliklaridan qat’iy nazar ularning hayotiga tajovuz qilishlik taqiqlanadi. Bu haqda Qur’on karimda quyidagicha bayon etiladi: “...kimki biron jonni nohaqdan yoki yer yuzida fasod qilmasa ham o‘ldirsa, huddi hamma odamlarni o‘ldirgan bo‘ladi. Kim uni tiriltirsa, xuddi hamma odamlarni tiriltirgandek bo‘ladi[2]...” (Moida surasi, 32-oyat).

Ushbu oyatda “nafs” so‘zining ishlatilishi barcha bashariyat uchun dalolat qilishni anglatadi. Islomda har bir jon juda ham yuqori baholanadi. Shu bois, bir beayb insonni o‘ldirgan odam butun boshli insoniyatni o‘ldirgandek jinoyat qilgan hisoblanadi. Chunki, jonlar ko‘p bo‘lgani bilan hayot kechirish haqqi bitta. Har bir jon hayot kechirish haqqiga ega. Ana o‘sha jonlardan bittasini o‘ldirgan odam hamma jonlarning hayot kechirish haqqiga tajovuz etgan bo‘ladi. Shuning uchun, bir jonni nohaq uni qaysi dinga mansubligidan, tilidan yoki qaysi mamlakat fuqarosi ekanligidan qat’iy nazar qatl etishlik Islom dinida qat’iyan man etiladi. Aksincha, bitta jonning hayotini saqlab qolishlik esa, hamma jonlarning hayot kechirish haqqini saqlab qolgan bilan teng.


“The Fatwa on Terrorism and Suicide Bombings” kitobidan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi


[1] Imom Buhoriy. Al-Sahih (Kitab al-Hajj). 2:620; §1654; Muslim. Al-Sahih. 3:1305-1306; §1679.
[2] Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qur’oni karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi. – T.: «Hilol-Nashr» 2015. 590-b.