Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Iyul, 2026   |   20 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:56
Peshin
12:29
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:43
Bismillah
05 Iyul, 2026, 20 Muharram, 1448

O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Haj – 2025” mavsumi uchun nimcha (kamzul) tayyorlab beruvchi korxonalar o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi

08.12.2024   24162   1 min.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Haj – 2025” mavsumi uchun nimcha (kamzul) tayyorlab beruvchi korxonalar o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi

I. Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

 

  1. Tashkilotning guvohnomasi, rahbar shaxsning pasport nusxasi

2. Bank K-2 shakldagi ma’lumotnoma

3. Nimcha (kamzul) namunalari

4. Tijorat taklifi

5. Korxonaning bankdagi so‘nggi bir yillik pul mablag‘lari aylanmasi haqida ma’lumotnoma

6. Bog‘lanish ma’lumotlari

7. Amaldagi qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.

 

II. Mahsulotlarga qo‘yilgan talablar

 

  1. Erkaklar nimchasi

O‘lchamlari 50-52-54-56-58 bo‘lishi, tugmali, kiyimning orqa tomonida O‘zbekiston bayrog‘ining tasviri va UZBEKISTAN yozuvi bo‘lishi, og‘irligi 190-220 gramm zichlikda bo‘lib, rangi moviy bo‘lishi lozim. Old tomonida uchta cho‘ntak bo‘lib, yuqori chap cho‘ntak ustiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi huzuridagi “Haj” va “Umra” markazining logotipi tushirilishi kerak.

2. Ayollar nimchasi

O‘lchamlari 50-52-54-56-58. Tugmali, kiyimning orqa tomonida O‘zbekiston bayrog‘ining tasviri va UZBEKISTAN yozuvi bo‘lishi, og‘irligi 190-220 gramm zichlikda bo‘lib, rangi moviy bo‘lishi kerak. Old tomonida ikkita cho‘ntak bo‘lib, yuqori chap qismida O‘zbekiston musulmonlar idorasi huzuridagi “Haj” va “Umra” markazining logotipi tushirilishi lozim.         

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan korxona va tashkilotlar 2024 yil 24 dekabr kuniga qadar mazkur hujjatlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasiga taqdim etishi zarur.

 Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani Qorasaroy ko‘chasi, 47-uy. Telefonlar: 71-240-04-75.

Boshqa maqolalar

Qilinmagan ishga haq olish

01.07.2026   7331   1 min.
Qilinmagan ishga haq olish

Savol: Direktorimiz menga 15 soat dars yozgan. Lekin men 10 soat dars o‘taman. Direktor o‘tilmayotgan 5 soatning pulini menga berasiz, men u pulni maktabning turli to‘lovlarga ishlataman, dedi. Uning bu gapi qanchalik rost bilmayman. Shu vaqtgacha uning aytgani bo‘yicha 5 soatning pulini unga berib kelyapman. Direktorning ortiqcha ish soati yozib, pulini olishi halolmi, mening bu ishga rozi bo‘lganim-chi?

 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu ish o‘zganing haqini nohaq o‘zlashtirish bo‘lib, buni Alloh taolo O‘z kalomida ochiq-oydin taqiqlagan:

﴿وَلَا تَأْكُلُوا أَمْوَالَكُم بَيْنَكُم بِالْبَاطِلِ﴾

“Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq – harom yo‘llar bilan yemangiz!” (Baqara surasi, 188-oyat).

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Haromdan oziqlangan hech bir jasad jannatga kirmaydi” (Abu Ya’lo, Bazzor va boshqalar rivoyati).

Direktoringizning maktab chiqimlarini ro‘kach qilib olayotgan pullari halol emas. Darhol bu ishni tark etib tavba qilishi, sizga o‘tadigan dars soatlaringizni to‘g‘ri yozishi lozim.

Sizning uning taklifiga rozi bo‘lishingiz ham gunoh sanaladi. Chunki shariatimizda ma’siyatlarga yordam berish ham gunoh sanaladi. Shuning uchun siz unga qilayotgan ishini xato ekanini bir ilojini qilib tushuntiring va bu ish uning boshiga dunyoda ham, oxiratda ham ulkan musibatlar olib kelishini ayting. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi