Joriy yilning 3–4 noyabr kunlari Sirdaryo viloyati vakillik majlislar zalida moliya-xo‘jalik faoliyatiga mas’ul mutavalli va hisobchilar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda soha xodimlarining moliyaviy savodxonligini oshirish, masjidlarda moliya-xo‘jalik ishlarini qonuniy va tizimli tashkil etish, hisob-kitob hujjatlarini to‘g‘ri yuritish hamda mablag‘lardan maqsadli foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga tegishli tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Mazkur seminar mutavalli-hisobchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, moliyaviy intizom hamda shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘MI Sirdaryo viloyati vakilligi Matbuot xizmati