Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Noyabr, 2026   |   26 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:39
Quyosh
07:00
Peshin
12:12
Asr
15:31
Shom
17:16
Xufton
18:31
Bismillah
06 Noyabr, 2026, 26 Jumadul avval, 1448

10.12.2024   4440   1 min.
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qoraqalpog‘istondagi diniy soha vakillari ishtirokida majlis o‘tkazildi

06.11.2026   1391   2 min.
Qoraqalpog‘istondagi diniy soha vakillari ishtirokida majlis o‘tkazildi

2026 yil 4 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi imom-xatiblar, imom-noiblar hamda otinoyilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Majlisni Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramaddin domla Razov olib bordi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari Alisher Allaniyazov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Salohiddin Sherxonov, Ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Akbar Do‘smatov, Kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi Abdulnosir Bobamirzayev va Ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazi yetakchi mutaxassisi Muhammadyahyo Xodjayevlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida diniy soha vakillari faoliyatida ijro intizomiga qat’iy rioya qilish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, har bir murojaatga mas’uliyat va e’tibor bilan yondashish, xalq bilan muloqotni kuchaytirish muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, yig‘ilish ishtirokchilariga Xorazm viloyatida to‘plangan ish tajribasi haqida ma’lumot berilib, uning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Bu tajribadan samarali foydalanish, ilg‘or ish uslublarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, imom-xatiblar faoliyatini yanada takomillashtirish, masjidlardagi ishlarni samarali tashkil etish va aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda imom-xatiblar, imom-noiblar va otinoyilar o‘z faoliyati davomida xalqqa yanada yaqin bo‘lishi, mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishi, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga hissa qo‘shishi, yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratishi va jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirishi zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlashda mas’uliyatni oshirish, Xorazm viloyatining ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish hamda diniy soha vakillari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli vazifa va takliflar belgilab olindi.

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti

O'zbekiston yangiliklari