Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Noyabr, 2025   |   16 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
07:01
Peshin
12:12
Asr
15:30
Shom
17:15
Xufton
18:30
Bismillah
07 Noyabr, 2025, 16 Jumadul avval, 1447

10.12.2024   96022   1 min.
Boshqa maqolalar

Payg‘ambarlar ummatining jannatga kirish tartibi

06.11.2025   984   1 min.
Payg‘ambarlar ummatining jannatga kirish tartibi

Savol: Qiyomat kunida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ummatlari birinchi bo‘lib jannatga kirgandan keyin boshqa payg‘ambarlarga ergashganlar jannatga kiradilarmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, shunday. Payg‘ambarlar ichida eng birinchi bo‘lib Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam jannatga kiradilar. Ummatlardan birinchi bo‘lib, U zot alayhissalomning ummatlari kiradilar, keyin boshqa ummatlar kiradi. Bu yerda jannatga kirishi bashorat qilingan boshqa ummatlar deganda, o‘z payg‘ambari olib kelgan dinini o‘zgartirmasdan haq bilan ergashganlar nazarda tutilgan. Imom Muslim rahimahulloh o‘z “sahih”larida quyidagi hadisni keltirganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Biz (dunyoda) oxirgilar, qiyomat kunida peshqadamlarmiz. Biz jannatga birinchi kiruvchilarmiz. Faqat ularga bizdan oldin kitob berilgan, xolos. Bizga esa u (kitob) ulardan keyin berilgan”, dedilar.

Hadisni sharh qilgan ulamolar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlari zamon jihatidan boshqa ummatlardan keyin kelgan bo‘lsalarda, fazilat va jannatga kirishda peshqadam bo‘ladi, deyishgan. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.