Ustoz Homidjon domla Ishmatbekov,
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari.
«Esla, vaqtiki Robbing farishtalarga: "Men er yuzida xalifa qilmoqchiman", dedi. Ular: "Unda fasod qiladigan, qon to'kadigan kimsani qilmoqchimisan? Va holbuki, biz Senga tasbih, hamd aytib va Seni ulug'lab turibmiz", dedilar. U: "Men siz bilmaganni bilaman", dedi»(Baqara surasi, 30-oyat).
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati