Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Avgust, 2026   |   11 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:16
Quyosh
05:41
Peshin
12:25
Asr
17:11
Shom
19:13
Xufton
20:34
Bismillah
24 Avgust, 2026, 11 Rabi`ul avval, 1448

Arab tili bilimdonlari aniqlandi

18.12.2024   88422   1 min.
Arab tili bilimdonlari aniqlandi

Toshkent islom institutida “Yanvar – Arab tili va balog‘at” fanlari oyligi hamda "18 dekabr – Xalqaro arab tili kuni" munosabati bilan talabalar o‘rtasida “Tillar” kafedrasi tomonidan musobaqa tashkil etildi.

  • Ishtirokchilar quyidagi 6 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar:
  1. Arab tili va balog‘atdan blis savollarga javob berish;  
  2. Kalimaning oxirgi harfiga ko‘ra so‘z aytish;  
  3. Berilgan suratlarni arab tilida ta’riflash va javobini topish;  
  4. Sahna ko‘rinishlari namoyishi;  
  5. O‘zbekcha iboralarni arab tiliga tarjima qilish;  
  6. Arab tilidagi zarbul masallarni aytib, sharhlash.  

Musobaqa har yilgidek qizg‘in va yuqori saviyada o‘tdi. Ayniqsa, sahna ko‘rinishlari talabalarning ijodkorligini va arab tiliga bo‘lgan qiziqishini yorqin namoyon etdi hamda tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.  

Arab tilini bilish Qur’oni karim ma’nolarini anglashga, ilm-fan, tarix va xalqlar madaniyatlarini o‘rganishga olib boruvchi yo‘ldir.

Musobaqada quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o‘rin: Sakkokiy jamoasi (3-kurs talabalari);  
2-o‘rin: Zamaxshariy jamoasi (1-kurs talabalari);  
3-o‘rin: Mulla Jomiy jamoasi (2-kurs talabalari).  

Musobaqa talabalarning bilimlarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari va maqtov yorliqlari topshirildi.  

Arab tili nafaqat diniy ilmlarni o‘rganish, shu bilan birga dunyo madaniyatlari, ilm-fan va tarixga yo‘l ochuvchi tillardan biridir. Bu kabi tadbirlar talabalarga bilimlarini amalda qo‘llash imkoniyatini berib, ularning ijodiy qobiliyatlarini oshiradi.  

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti
Matbuot xizmati

Arab tili bilimdonlari aniqlandi Arab tili bilimdonlari aniqlandi Arab tili bilimdonlari aniqlandi Arab tili bilimdonlari aniqlandi Arab tili bilimdonlari aniqlandi Arab tili bilimdonlari aniqlandi Arab tili bilimdonlari aniqlandi Arab tili bilimdonlari aniqlandi Arab tili bilimdonlari aniqlandi Arab tili bilimdonlari aniqlandi Arab tili bilimdonlari aniqlandi Arab tili bilimdonlari aniqlandi Arab tili bilimdonlari aniqlandi Arab tili bilimdonlari aniqlandi Arab tili bilimdonlari aniqlandi Arab tili bilimdonlari aniqlandi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy ta’lim sohasida ilk bor Respublika anjumani bo‘lib o‘tadi

19.08.2026   41092   1 min.
Diniy ta’lim sohasida ilk bor Respublika anjumani bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi.

Davlatimiz Rahbari tomonidan har jabhada olib borilayotgan yangilanish va islohotlarga hamohang tarzda Diniy idora tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda jami 700 nafar pedagog va soha mutaxassisi, jumladan, 300 nafar ishtirokchi bevosita anjuman zalida, 400 nafar ishtirokchi esa hududlardan videoselektor orqali qatnashadi.

Anjumandan ko‘zlangan maqsad sohadagi istiqbolli rejalarni muhokama qilish, diniy ta’limda pedagogik va kasbiy mahoratni oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni yanada keng tatbiq etish hamda diniy ta’limni yangi bosqichga olib chiqishdir.

Dastur doirasida soha rahbarlari ishtirokida tahliliy ma’ruzalar, taniqli professorlar tomonidan mahorat darslari, ilmiy-metodik mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanishib, Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari