Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: “Arab tilini o‘rganinglar, chunki u diningizdandir”, deganlar.
Shayx Sa’id Kamaliy aytadi: “Arab tili – O‘zining Kalomini sizlarga yetkazishi uchun Robbingiz tanlagan tildir. Shunday ekan, u tilni o‘zlaringizdagi eng kichik, arzimas narsa kabi tutib olmanglar”.
1. Dod tili. Chunki u dod harfi bilan dunyoda yagona til sifatida ajralib turadi.
2. 14 asrdan beri o‘zgarmaydi va muomaladan chiqmaydi
3. 422 milliondan ko‘proq odamlar arab tilida so‘zlashadi
4. Arab tilidagi so‘zlar soni 12302912, ingliz tilidagi so‘zlar sonidan 25 baravar ko‘p.
5. Arab tili 16 mingta leksik asosga ega, lotin tilida 700 tagina leksik asos bor.
6. Boshqa tillar ham arab harflari bilan yoziladi, xuddi: kurdiy tili, malay tili, sobiq turk tili va fors tillari kabi.
7. Arab davlatlari jamiyatini tashkil etuvchi 22 davlatning rasmiy tilidir.
8. 2016 yildan dunyoda eng ko‘p tarqalgan beshinchi tildir.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida "Vaqf" xayriya jamoat fondining Namangan viloyati filiali tomonidan ezgu tashabbus amalga oshirildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tavsiyasiga asosan, viloyatning turli hududlaridan kelgan, boquvchisini yo‘qotgan va mehrga muhtoj 35 nafar bolajon uchun sunnat to‘yi tashkil etildi.
Tadbir tafsilotlari:
– Har bir to‘y bolasiga homiylar tomonidan velosiped, kostyum-shim va bayramona sarpolar hadya qilindi.
– Bolajonlar va ularning yaqinlari uchun bayram dasturxoni yozilib, unutilmas va ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
– Namangan viloyati bosh imom-xatibi Abdulloh domla Samatov ishtirok etib, bu xayrli ishga hissa qo‘shgan homiylarga minnatdorlik bildirdi va farzandlar kamolini so‘rab duo qildi.
Bu kabi savobli tadbirlar jamiyatimizda mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati