Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Avgust, 2026   |   16 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:22
Quyosh
05:46
Peshin
12:24
Asr
17:05
Shom
19:05
Xufton
20:25
Bismillah
29 Avgust, 2026, 16 Rabi`ul avval, 1448

Faxriylar kengashining kelgusi faoliyati muhokama qilindi

18.12.2024   104865   1 min.
Faxriylar kengashining kelgusi faoliyati muhokama qilindi

Shu yil 16 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida Faxriylar kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Faxriylar kengashi yangi tarkibini tasdiqlash, kengashning hududlardagi bo‘linmalarini tashkil etish, kengash faoliyatini yanada kuchaytirish va bir qancha masalalar ko‘rib chiqildi.

Dastlab O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida mehnat qilayotgan va nafaqa yoshidagi faxriylarni davlat mukofotlariga tavsiya etish masalasi muhokama qilindi. Yakunda kengash a’zolaridan munosib  nomzodlar tavsiya etilib, ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

Yig‘ilish davomida Faxriylar kengashi raisi Shayx Abdulaziz Mansur so‘zga chiqib, kengashi tarkibiga Namangan viloyati vakilligi tizimida uzoq yillar xizmat qilgan ulamo Abdulhay domla Tursunov nomzodini kiritishni tavsiya qilib, u kishining dinimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatlarini e’tirof etdilar. So‘ngra Faxriylar kengashi a’zoligiga Abdulhay domla Tursunov nomzodi tasdiqlandi.  

Shuningdek, Faxriylar kengashining hududlardagi bo‘linmalarani tashkil etish masalasi muhokama qilinib, viloyatlarda ham dinimiz ravnaqiga munosib xissa qo‘shib kelayotgan ulamolar salmoqli ekani qayd etildi. Ushbu loyihaning ishga tushirilishi hududlarda mehnat qilayotgan ko‘plab faxriy imom-xatiblar va din peshvolarini uchun manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi. 

Yig‘ilishda Faxriylar kengashi a’zolari yil davomida diniy ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazgani, bu  tinglovchilarda katta taassurotlar qoldirgani ta’kidlanib, kelgusida bunday suhbatlarni ko‘paytirish va Faxriylar kengashi faoliyatini yanada jadallashtirish lozimligiga urg‘u qaratildi. 

Majlis yakunida mazkur masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Faxriylar kengashining kelgusi faoliyati muhokama qilindi Faxriylar kengashining kelgusi faoliyati muhokama qilindi Faxriylar kengashining kelgusi faoliyati muhokama qilindi Faxriylar kengashining kelgusi faoliyati muhokama qilindi Faxriylar kengashining kelgusi faoliyati muhokama qilindi Faxriylar kengashining kelgusi faoliyati muhokama qilindi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

24.08.2026   45516   1 min.
O‘zbekiston Prezidenti Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif xayrli amaldan – Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-farovonlik tilab, duo o‘qildi.

Majmua islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va so‘fiylik tarixi muzeyini o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari