Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Oktabr, 2025   |   1 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:25
Quyosh
06:44
Peshin
12:12
Asr
15:48
Shom
17:34
Xufton
18:47
Bismillah
23 Oktabr, 2025, 1 Jumadul avval, 1447

Fuqarolar murojaati e’tibor markazida

18.12.2024   76761   1 min.
Fuqarolar murojaati e’tibor markazida

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.


Bugun, 18 dekabr kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan masjidlar holati, diniy ta’lim, oilaviy masalalar va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi. Masjid va imomlar faoliyatiga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun Idora bo‘limlariga tegishli vazifalar yuklandi.

Mana shunday samimiy qabul va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan fuqarolar ko‘rsatilgan e’tibordan ko‘ngillari shod bo‘lishib, xayrli duolar qilishdi.


Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida Fuqarolar murojaati e’tibor markazida
Boshqa maqolalar
Maqolalar

"Xush kalomlar Unga ko‘tarilur" oyatining tafsiri

23.10.2025   282   1 min.

Imom Bayhaqiy rohimahulloh Fotir surasining "Xush kalomlar Unga ko‘tarilur" 10-oyati haqida shunday deganlar:
 “Xush kalomlar va sadaqaning ko‘tarilishi ularning (Alloh tomonidan) qabul bo‘lganiga ishoradir. Farishtalarning yuksalishidan esa osmondagi manzillariga ko‘tarilishlari nazarda tutilgan. Ammo, “Allohga ko‘tarilish” degan ma’noning bu o‘rindagi ta’biri salaf solihlar tomonidan tafviz qilish bilan bo‘lsa, ulardan keyin kelgan imomlar tomonidan ta’vil qilish bilan bo‘ladi."
 Ibn Battol rohimahulloh aytadilar:
 “Mana shu bobda Imom Buxoriyning maqsadlari (mutashobih) oyat va hadislarining zohirini oladigan mujassima jahmiyalarga raddiya berish bo‘lgan. Alloh taolo jism emasligi aniq bo‘ldi, demak u biror makonga o‘rnashib olishga ham muhtoj bo‘lmaydi. Zero, Alloh  biror makon bo‘lmagan paytda ham  bo‘lgan. Alloh taolo farishtalarning ko‘tarilishini O‘ziga nisbat berishi bu ishni sharafli ekaniga dalolat qiladi. Demak, Unga ko‘tarilishlikning ma’nosi Allohni makondan poklagan holda, darajasini ulug‘lash bo‘ladi”.

Rustam Oxunjonov  "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus

islom ta’lim muassasasi Matbuot kotibi

Manba: @ahnafuz

MAQOLA