Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyul, 2025   |   25 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:29
Quyosh
05:07
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:26
Bismillah
20 Iyul, 2025, 25 Muharram, 1447

2024 yil faoliyat sarhisob qilindi

19.12.2024   67656   1 min.
2024 yil faoliyat sarhisob qilindi

Kecha, 18 dekabr kuni  Samarqand viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan tuman-shahar bosh imom-xatiblari va bosh otinoyilari bilan 2024 yil sarhisobi bo‘yicha yakuniy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish avvalida Xayrullo domla Sattarov yurtimiz taraqqiyotining yangi davrida diniy sohada amalga oshirilgan islohotlar va soha vakillari oldida turgan muhim vazifalar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, imom-domlalar har bir ishni qonunchilik doirasida amalga oshirishlari va din peshvosi bo‘lgan imomlar jamiyatning eng namunali kishisi bo‘lishlariga katta urg‘u qaratdi.

Tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Xayrullo domla keyingi yillarda viloyatimizda ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilayotgani, imom-xatiblar shariat xodimi sifatida xalqimiz diniy ehtiyojini qondirish va xayriya ishlarini keng ko‘lamda ado etayotganlarini ta’kidlash barobarida ba’zi imom-xatiblar faoliyatida kamchiliklar ko‘zga tashlanayotgani, ular o‘zlarini isloh qilishlari lozimligini alohida qayd etdi.

Yig‘ilish davomida mutasaddilar o‘tayotgan yil yakunlari va kelgusi yilgi rejalar yuzasidan axborot berdi. Shuningdek, mas’ullarga soha faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tadbirda otinoyilar oldida turgan muhim vazifalar, xususan, mahallabay ishlash tizimini yanada jonlantirish, oilalarni yarashtirish masalalari ham muhokama qilindi va turli bid’at-xurofotlarga yo‘l qo‘yilmasligi borasida alohida to‘xtaldi.

 Adashib Islom diniga yot turli oqimlar ta’siriga tushib qolgan, biroq xatosini anglab yetib, chin tavba qilgan xotin-qizlarga dinimizning sof ta’limotini yetkazish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilish so‘ngida faoliyati yaxshi deb topilgan va boshqalarga namuna bo‘lgan bir guruh faollar rahbariyat tomonidan taqdirlandilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati

2024 yil faoliyat sarhisob qilindi 2024 yil faoliyat sarhisob qilindi 2024 yil faoliyat sarhisob qilindi 2024 yil faoliyat sarhisob qilindi 2024 yil faoliyat sarhisob qilindi 2024 yil faoliyat sarhisob qilindi 2024 yil faoliyat sarhisob qilindi 2024 yil faoliyat sarhisob qilindi
Boshqa maqolalar

JML Bosh kotibi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarini qabul qildi

15.07.2025   5185   1 min.
JML Bosh kotibi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarini qabul qildi

Saudiya Arabistoni Podshohligining yetakchi axborot agentligi SPA, shuningdek “Al-Jazirah”, “Al-Madina”, “Youm7” kabi qator nashrlari yozishicha, Jahon musulmonlari ligasi Bosh kotibi, Musulmon ulamolari uyushmasi raisi shayx Muhammad bin Abdulkarim Al-Isa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari doktor Firdavs Abduxoliqov bilan uchrashgan. Makkai Mukarramada, mazkur xalqaro tuzilma idorasida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Islom sivilizatsiyasining targ‘iboti, xususan noto‘g‘ri tushuncha va salbiy hodisalarga qarshi turishdagi ahamiyati ta’kidlangan. 
 

F.Abduxoliqov mamlakatimiz nomidan JMLning islom olamidagi sa’y-harakati, xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini e’tirof etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida o‘tkazilgan Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan birinchi xalqaro tadbirda Bosh kotib musulmon xalqlari vakili sifatida qilgan ma’ruzasini yuqori baholadi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

JML Bosh kotibi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarini qabul qildi