Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Fevral, 2025   |   28 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:43
Quyosh
07:01
Peshin
12:41
Asr
16:27
Shom
18:14
Xufton
19:27
Bismillah
27 Fevral, 2025, 28 Sha`bon, 1446
Maqolalar

Mehribon aka

23.12.2024   2368   1 min.
Mehribon aka

Bir yigit nonvoyning oldiga kelib: -– Amaki, singlimning qorni juda och. Lekin pulimiz yo‘q. Iltimos, unga bir dona non bering. Hech bo‘lmasa bir burda non bering. Pul topishim bilan to‘lab ketaman,– deya yolvora boshladi. 
Nonvoy uning gapiga quloq tutay demasdi. Bola ham yolvorishdan to‘xtamay “singlim och, singlim och” derdi. 
Oxiri nonvoy: – Bu yerga kelchi? Qani singling? Bu yerga olib kel, – dedi. Bola yugurgancha ko‘chaning narigi tomonida turgan singlisini chaqirdi.  
Nonvoy: – Isming nima?, – dedi qizchaga. 
Qizcha: – Maryam. 
Sotuvchi: – Ochmisan? 
Qizcha uyalibgina “Ha” dedi. 
Nonvoy: – Men sizlarga ikki dona non beraman.
Yigitcha: – Yo‘q, amaki faqat bir dona so‘radim. 
Sotuvchi: – Olaver, olaver uyalma – dedi.  
Yigitcha: – Amaki rahmat. Pul topganimda albatta beraman deb xursand bo‘lgan holda ketdi.
Nonvoy: – Qachon sen va singling och qolsangiz darhol mening oldimga kelinglar, – deb yigitning qo‘liga ikkita non berdi.
Aka-uka, opa-singlingiz bormi? Ularning doim qadriga yeting. Ularning haqqiga duo qiling. Hech bo‘lmasa telefon orqali bo‘lsa ham, hollaridan xabar oling. Vaqti soati kelganda ularni topolmay qolishingiz mumkin. 

Akbarshoh RASULOV tarjimasi

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar

“Qur’on musobaqasi – 2025” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

26.02.2025   2738   1 min.
“Qur’on musobaqasi – 2025” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Toshkent islom institutida “Fevral – Qur’on qiroati va ilmlari fan oyligi” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan Qur’on ilmlari kafedrasi tomonidan Oliy ma’had talabalari o‘rtasida “Qur’on musobaqasi – 2025” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.


Tadbirni Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla G‘afurov ochib berdi va ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. So‘ngra “Qur’on ilmlari” kafedrasi mudiri, musobaqa hakamlar hay’ati raisi Jahongir qori Ne’matov musobaqa shartlari bilan tanishtirdi. Ishtirokchilarni “Qur’on ilmlari” kafedrasi o‘qituvchilari baholab borishdi.


Hakamlar hay’ati qo‘ygan ballar asosida chiqarilgan yakuniy xulosaga ko‘ra 1-o‘ringa 4-kurs talabalari Sayyidburxon Faziliddinov va Ubaydulloh Habibullayev loyiq ko‘rildi. 2-o‘rin 2-kurs talabasi Muhammad Aminxon Najmiddinovga, 3-o‘rin 3-kurs talabasi Saydullo Solijonovga nasib etdi.


Musobaqa g‘oliblariga Toshkent islom instituti tomonidan qimmatbaho hadya va diplomlar topshirildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

“Qur’on musobaqasi – 2025” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi “Qur’on musobaqasi – 2025” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi “Qur’on musobaqasi – 2025” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi “Qur’on musobaqasi – 2025” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi “Qur’on musobaqasi – 2025” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi