Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Oktabr, 2026   |   16 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:29
Quyosh
06:48
Peshin
12:12
Asr
15:43
Shom
17:28
Xufton
18:42
Bismillah
27 Oktabr, 2026, 16 Jumadul avval, 1448

Nabaviy qaytariqlar (3 qism)

25.12.2024   7125   1 min.
Nabaviy qaytariqlar (3 qism)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytardilar:

  1. Quyosh chiqayotganda, toki nayza bo‘yi ko‘tarilmaguncha va asrdan so‘ng toki quyosh botgunga qadar namoz o‘qishdan qaytardilar.
  2. Hajr (arazlashish)dan qaytardilar. (Ya’ni, musulmonni boshqa musulmon birodaridan hajr qilishidan qaytardilar).
  3. Yangi tillani eski tillaga sotishdan qaytardilar.
  4. Sochni ba’zi yerini oldirib, ba’zi yerini qoldirishdan qaytardilar.
  5. O‘g‘rilashdan, hazfdan (ko‘rsatkich barmoqlari orasiga toshchani yashirib otishdan) qaytardilar.
  6. O‘lganlarni so‘kishdan qaytardilar.
  7. Itga narx qo‘yish, sotishdan qaytardilar. (Izoh: Abu Hanifa rahimahulloh manfaati bo‘lganlarini sotsa bo‘ladi deganlar. Ba’zi ulamolar faqat ov itlarini sotish joiz deganlar).
  8. Meshning og‘zidan suv ichishdan qaytardilar.
  9. Zakarni o‘ng qo‘l bilan ushlashdan qaytardilar.
  10. O‘ng qo‘l bilan istinjo qilishdan qaytardilar.
  11. Ayollarni janozaga ergashishdan qaytarganlar.
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy idorada xorijlik olimlar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi

27.10.2026   1723   1 min.
Diniy idorada xorijlik olimlar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi

Shu yilning 25 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida Buyuk Britaniyaning “Woolf Institute” ijrochi direktori Ester-Miriam Vagner boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov qabul qildi.

Samimiy muloqot davomida yurtimizning Sharq va G‘arbni bog‘lovchi Buyuk Ipak yo‘lidagi tarixiy o‘rni, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Ibn Sino kabi buyuk allomalarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi alohida qayd etildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 16 ta diniy konfessiya vakillari faoliyat yuritayotgani xalqimizga xos azaliy bag‘rikenglikning tabiiy ifodasi ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, xorijlik olimlarga yurtimizda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida diniy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, 10 ta madrasa, 4 ta oliygoh va yirik ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning yaqin kelajakdagi bosh maqsadi Uchinchi Renessans poydevorini yaratib, yangi avlod mutafakkirlarini yetishtirish ekani alohida ta’kidlandi.

O‘zbekistondagi tinch-totuvlik muhitini yuqori baholagan delegatsiya a’zolari tomonidan yozilgan noyob kitobni idoraga tuhfa qildilar. O‘z navbatida, mehmonlarga ham esdalik hadyalar berildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Diniy idorada xorijlik olimlar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi Diniy idorada xorijlik olimlar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi Diniy idorada xorijlik olimlar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi Diniy idorada xorijlik olimlar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari