Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ro'zador kishining chanqoqligi uning sabr-bardoshini oshiradi, zehnni o'tkirlashtirib, fikrini jamlaydi va asabni tinchlantiradi.
Ro'za aqliy va nafsiy illatlarni ketkazib, ruhiy tushkunlikdan xalos qiladi. Buni doktor Yu. Nikolayev o'z ilmiy tadqiqotida isbotladi. U 1000 nafar bemorni ro'za bilan muolaja qildi. Natijada, ulardan 65% ning holati ijobiy tomonga o'zgardi. Bemorlarning yarmisi olti yildan so'ng butkul sog'ayib ketdi. Shundan so'ng, u yana 35 ta bemorga “ro'za dasturi”ni qo'llab ko'rdi. Ulardan 24 tasi kasalidan xalos bo'ldi.
Ba'zi shifokorlar siydik yo'li va buyrak kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni ro'za tutishdan qaytaradilar. Lekin mutaxassislarning bu borada olib borgan tadqiqotlari buning aksini ko'rsatdi, ya'ni, ro'za siydik yo'li kasalliklariga salbiy ta'sir qilmasligi aniqlandi.
Islom dinida bandalarga toqati etmaydigan mashaqqatli, qiyin amallar taklif qilinmaydi. Hususan, Ramazon ro'zasini tutishga shar'iy uzri bor kishilarga engillik ato qilingan.
Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Bas, sizlardan kim buoyda (o'z yashash joyida) hozirbo'lsa, ro'zasinitutsin. Kimkibemoryokisafardabo'lsa, (tuta olmagan kunlarining) sanog'iboshqakunlardandir. Allohsizlargaengillikniistaydi, og'irliknixohlamaydi”(Baqara surasi, 185-oyat).
Agar ro'za tutish bilan bemorlar, keksalar, musofirlarga, homilador va emizikli ayolning o'ziga va go'dagiga zarar etadigan bo'lsa, shariatimizda mone'lar bartaraf bo'lguncha ro'za tutmay turishlikka ruxsat berilgan.
"Islomda salomatlik" kitobidan olindi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati