Bismillahir Rohmanir Rohiym
“… Va agar afv etsangiz, ko’ngilga olmasangiz va (ayblarni) kechirsangiz, bas, albatta, Alloh kechiruvchi va rahmdil Zotdir” (Tag’obun surasi, 14-oyat).
Mas’ud ibn Muhammad al-Hamadoniy rahimahulloh yaxshi odam edi.
Ko’pincha insonlarni kechirar va ularning xatosini ko’ngliga olmas edi.
“O’tmish esga olinmaydi”, deb qo’yar edi.
Vafotidan so’ng bir odam u zotni tushida ko’rdi va so’radi:
“Alloh sizga qanday muomala qildi?”
Mas’ud ibn Muhammad al-Hamadoniy rahimahulloh shunday javob berdi:
“Alloh meni huzurida turg’izib, shunday dedi:
“Ey Mas’ud! Moziy esga olinmaydi! Uni jannatga olib boringlar!”.
Shamsuddin az-Zahabiy rahimahulloh.
"Siyar a’lam an-nubala" kitobidan.