Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Avgust, 2026   |   30 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:01
Quyosh
05:30
Peshin
12:28
Asr
17:22
Shom
19:29
Xufton
20:56
Bismillah
13 Avgust, 2026, 30 Safar, 1448

Bo‘lg‘usi qorilarga tavsiyalar berildi

24.01.2025   133544   1 min.
Bo‘lg‘usi qorilarga tavsiyalar berildi

Shu yil 23 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limiga Jizzax shahridagi "Qur’oni karim va tajvid" o‘quv kursi tinglovchilari kelishdi.
 

Uchrashuvda Shayx Alijon qori tinglovchilarga  Qur’on qiroati, uning fazilati to‘g‘risida so‘zlash barobarida muhim tavsiyalar berdi. Shuningdek, ularga hadyalar ulashilib, duoi xayrlar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Bo‘lg‘usi qorilarga tavsiyalar berildi Bo‘lg‘usi qorilarga tavsiyalar berildi Bo‘lg‘usi qorilarga tavsiyalar berildi Bo‘lg‘usi qorilarga tavsiyalar berildi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda

12.08.2026   21243   1 min.
Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vohamiz aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ko‘ngliga quvonch ulashishga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.
 

Bugun, O‘MI Qashqadaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov boshchiliklarida homiylar jalb etilgan holda mahalla hududidagi xonadonlarga tashrif buyurib, xonadon ahillari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sovg‘a-salomlar va xayr-ehson qutilari tarqatildi.

Bunday xayrli tashabbuslar xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarining amaliy ifodasi bo‘lib, ehtiyojmand oilalarga ma’naviy dalda va ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizda fayzu baraka bardavom bo‘lsin!

O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda Har bir xonadonga bayram shukuhi kirib bormoqda
O'zbekiston yangiliklari