O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiliklaridagi Fatvo markazi ulamolarining “Fatvolar to‘plami” kitobining 2-juzi nashr etildi.
Kitobni tayyorlash jarayonida Siz aziz yurtdoshlarimiz tomonidan eng ko‘p so‘ralgan savollarga sodda uslubda, hanafiy mazhabimizdagi mo‘tabar fiqhiy manbalarga asoslangan holda javoblar berilgan.
Ushbu kitobdan aqida, ruhiy tarbiya, Islom tarixi, tahorat, namoz, ro‘za, zakot, haj-umra, savdo-sotiq, ijara, qurbonlik, nikoh, taloq, qasam, nazr, meros, ta’qiq va ruxsatlar kabi mavzulardagi qiziqarli savollarga batafsil javob topishingiz mumkin.
Kitobning hajmi: 560 bet
Muqovasi: Qattiq, zarhal
Nashriyot: "Shamsiddinxon Boboxonov" NMIU
Narxi: 90 000 so‘m
Ulgurchi oluvchilar murojaat qilishlari uchun:
+998917806633
@fatvo_reception
Manzilimiz
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.
Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati