Islom dinida Ramazon oyi ulug' oylardan hisoblanadi. Unda ro'zador odamning uyqusi ham ibodat, namozini qoim qilish ham ibodatdir. Uning har bir amaliga ko'plab savoblar ziyoda qilinadi. Ramazon musulmon kishining duosi qabul bo'ladigan oydir. Ramazon oyi Alloh taoloning rahmat va barakalari yog'iladigan oydir. Ramazon mo'min va musulmonlar uchun baraka oyidir. Ularning adadini Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi. E'tiboringizga Alloh taolo qodir qilganicha ulardan 22 tasini keltirib o'tamiz:
Alloh taolo Qur'on karimning Baqara surasining 185-oyatida «Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo'lib va hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo'lib Qur'on nozil qilingan».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yaxshilikda insonlarning eng saxiysi edilar. Saxovatlarining avji Ramazonda Jabroil alayhissalom u Zot bilan uchrashgan kezlari bo'lar edi. Tasavvur qiling: Qur'oni karim tilovat qilinganda erga qanchadan qancha farisha tushadi. Alloh taoloning eng so'ngi kitobining shu oyda nozil bo'lishi ham bu oyning ulug' barakotli oy ekanligini bildiradi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazon ro'zasini iymon bilan,savob umidida tutsa,uning oldingi (o'tgan) gunohlari mag'firat qilinadi», dedilar . Imom Buxoriy rivoyat qilganlar.
Hadisi qudsiyda (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Rabbilari Alloh taolodan rivoyat qilganlar) Alloh taolo: «Odam bolasining hamma amali (savobi) ko'paytirib berilur. Bir yaxshilikka uning o'n mislidan to etti yuz barobarigacha. Magaram, ro'za unday emas. U Men uchundir. Uning mukofatini Men berurman. U (odam bolasi)shahvatini va taomini Men uchun tark qilur», –dedi. Imom Muslim rivoyat qilganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «QachonRamazonoyiningavvalgikechasibo'lsa, shaytonlarvao'zboshimchajinlarkishanlanadi. Do'zah eshiklari yopiladi. Ulardan biron eshik ochilmas. Jannatning eshiklari ochilur. Ulardan biror eshik yopilmas. Harkechabirnidoqiluvchi: «Eyyaxshilikniistovchi,kelibqol! Ey yomonlikniistovchi,basqil», – debnidoqiladi», – dedilar. Imom Termiziy rivoyat qilganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazonda iymon va ixlos bilan qoim bo'lsa, o'tgan gunohlari mag'firat qilinur», deganlar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«SadaqalarningengyaxshisiRamazonoyidaqilingansadaqadir», deganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ishda o'z ummatlariga o'rnak bo'lar edilar. U Zot sollallohu alayhi vasallam yaxshilikda insonlarning eng saxiysi edilar. Saxovatlarining eng avji Ramazonda bo'lar edi. U Zot Ramazonda esgan shamoldan ham saxovatli bo'lib ketar edilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Modomiki, iftorga shoshilishar ekan,odamlar yaxshilikda bo'laveradilar», dedilar. Imom Buxoriy rivoyat qilganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh azza va jala: «Bandalarimning menga mahbubrog'i og'iz ochishni tezlatganlari» , deb aytdi», dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ro'zador kishiga iftorlik qilib bersa,u kishiga ham ro'za tutganning ajridek savob beriladi.bu bilan ro'zadorning ajridan hech bir narsa kam bo'lmas», dedilar. Imom Termiziy rivoyat qilganlar.
Bu bilan u o'zi ro'za tutmasa bo'ladi degani emas. Chunki ro'za farz ibodat hisoblanadi. Bu hadis iftorlik qilib berishning qanchalik savobi ulug' ish ekanini bildirish uchun aytilgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarga iftorlik vaqtida: «Alloh nomi bilan, Allohim sen uchun ro'za tutdik. Sening rizqing bilan iftorlik qildik, bizlardan (ro'zamizni)qabul qilgin. Albatta, Sen o'zinggina eshituvchi, biluvchisan», demoqni vasiyat qildilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ro'zador uchun iftorlik vaqtida rad qilinmaydigan duo bor», dedilar. Boshqa bir hadisda «Ro'zadorga ikki xursandlik bordir. Qachon iftor qilsa,xursand bo'ladi. Robbisiga yo'liqqan vaqtda (Ro'zasi) bilan xursand bo'ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyat qilganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Qadr kechasida iymon bilan, savob umidida qoim bo'lsa, o'tgan gunohlari mag'firat qilinadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyat qilganlar.
Chunki Qadr kechasi ming oydan afzaldir. Shuning uchun ba'zi sahoba va tobeinlar Ramazonning oxirgi o'n kunligida g'usl qilib, o'zlariga xush bo'yliklar sepib yurishardi. Qadr kechasi shu o'n kun ichida bo'lgani uchun.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Saharlikqilinglar,chunkisaharlikdabarakabor», deganlar. Imom Buxoriy rivoyat qilganlar.
Yana boshqa bir hadisda: «Bizlarningro'zamizbilanahlikitoblarro'zasiniorasiniajratibturadigannarsasahardataomlanmoq», deganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazon oyida qilingan umra hajga tengdir», deganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, ro'zadorning og'zidagi hidi Allohning nazdida mushkning hididan xushbo'yroqdir», dedilar. Imom Muslim rivoyat qilganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz ro'za tutsa, fahsh hamda lag'v so'zlarni gapirmasin. Agar biror kishi so'ksa yoki urishsa, men ro'zadorman», desin», dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ro'zadorligini unutib qo'yib esa yoki ichsa, ro'zasini davom ettiraversin. Chunki Alloh u kishini taomlantiribdi va serob qilibdi, xolos», dedilar. Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilganlar.
Alloh taolo bunday marhamat qiladi: «Va to tongdan oq ip qora ipdan ajraladigan paytgacha eb-ichaveringlar» (Baqara surasi, 187-oyat).
Alloh taolo katta yoshdagi ro'za tuta olmaydigan kishilarni fidya berishga buyurgan. Alloh taolo Qur'on karimning Baqara surasi 184-oyatida:«(Keksalik yoki zaifligi sababli) ro'za tutishga qiynaladigan kishilar bir miskin-bechoraning bir kunlik taomi miqdorida evaz to'lashlari lozim», deb marhamat qilgan.
Homilador ayol bo'lsa tug'ub bo'lgandan so'ng ro'zasining qazosini tutib beradi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo ramazonnig xar kunida jannatini ziynatlaydi», deganlar.
Yana boshqa bir hadisda esa Jannatdagi bir eshik faqat ro'zadorlar uchun ekanligi aytilgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannatda bir eshik bor. U «Rayyon» deyiladi. Qiyomat kuni undan ro'zadorlar kirishadi, ulardan boshqahech kim undan kirmaydi.«Ro'zadorlar qani?» deyiladi. Shunda ular turishadi.Ulardan boshqa hech kim undan kirmaydi. Ular kirgach,u berkitiladi. Keyin undan hech kim kirmaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyaat qilganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazonda farishtalar ro'zadorlar iftorlik qilgunlaricha ularga istig'for aytadilar», dedilar.
Imom Sufyon Savriy agar ramazon kelsa, hamma nafl ibodatlarni tark qilib, faqat Qur'on tilovat qilar edilar.
Ramazonda barcha toatlar jamlanadi. Misol: namoz, ro'za, kechqurun qoim bo'lish, Qur'onni xatm qilish, umra, iftorlik qilib berish, istig'for, tavba, qarindoshlardan xabar olish va boshqa ibodatlar.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 oktyabr – O‘zbek tili kunida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi to‘rtta harfni o‘zgartirish haqidagi qonunni imzoladi, xabar bermoqda kun.uz.
Qonun quyidagi o‘zgarishlarni nazarda tutadi:
Tutuq belgisi alifboda saqlanib qoldi.
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bu o‘zgarishni quyidagicha izohladi:
“Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunni imzoladilar.
Bu yillar davomida bahslarga sabab bo‘layotgan va oxiri ko‘rinmayotgan masala edi. 2023 yil 11 dekabrda jadidlar merosiga bag‘ishlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatish tashabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qo‘yish vaqti kelganini aytgan edim.
Albatta, o‘zgarishlar oson kechmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyg‘otishi ham tabiiy. Lekin, ishoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham berish va tilimizning raqamli makondagi o‘rnini mustahkamlash uchun boshqa yo‘l yo‘q edi.
Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yo‘q, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tushirish yo‘lini tanladik: amaldagi barcha hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchida qoladi, darslik, peshlavha va ko‘rsatkichlar esa yaroqlilik muddati tugagach, bosqichma-bosqich almashtiriladi.
Ushbu qonunning 21 oktyabr kuni qabul qilinishida chuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoshlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirishga xizmat qilishiga ishonaman.
Barchangizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!”
Qonun rasman e’lon qilinganidan keyin 6 oy o‘tib kuchga kiradi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati