Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Har bir xonadonga kirib borilyapti

28.01.2025   13739   1 min.
Har bir xonadonga kirib borilyapti

Kuni kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Bekobod shahridagi «No‘mon ibn Sobit» jome masjidida ma’naviy-ma’rifiy yig‘ilish o‘tkazildi.


Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ullari, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Ziyovuddin domla Nortojiyev, vakillik xodimlari, tuman bosh imom-xatibi va otinoyilari, shuningdek, otinoyilar, “Haj – 2024” ziyoratchilari, mahallalar raislari ishtirok etdi.


So‘ngra hududdagi oilalarga kirilib, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi. Ayrim sabablarga ko‘ra arazlashib qolgan oilalar yarashtirildi.


Jismoniy imkoniyati cheklangan ikki fuqaroga "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan nogironlik aravachasi, hassalar va boshqa zarur vositalar yetkazib berildi.


Tuman imom-xatiblari tashabbusi bilan xonadonlarga diniy-ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy mavzulardagi kitoblar, xususan, Qur’oni karim, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining «Fitna – ko‘z ilg‘amas xatar», «Alloh meni ko‘rib turibdi», «Tasadduq, yo Rasululloh», «Rabboniy nidolar», O‘MI Fatvo markazi nashrga tayyorlagan «Fiqh va aqoidga oid ixtilofli masalalar yechimi», «Fatvolar to‘plami» hamda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning «Baxtiyor oila» kabi asarlari hadya qilindi.


Alloh taolo xayrli ishning boshida turgan barcha azizlarimizdan rozi bo‘lsin! 


Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti Har bir xonadonga kirib borilyapti
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Taksistlarning omonatga berilgan puldan foyda ko‘rishlari

23.07.2025   6711   1 min.
Taksistlarning omonatga berilgan puldan foyda ko‘rishlari

Savol: Men haydovchilik qilaman. Ba’zilar menga ma’lum miqdorda pul berib, uni boshqa shahardagi odamga yetkazishimni so‘rashadi. Shu puldan avval o‘zim foyda ko‘rib, so‘ng aytilgan odamga to‘liq qilib yetkazsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, bu ish joiz emas. Chunki bu omonatga xiyonat qilish hisoblanadi. Omonatga olingan puldan faqat egasi rozi bo‘lsagina ishlatish mumkin. Ammo egasi rozi bo‘lmasa, yoki egasiga bildirmay ishlatilsa, bu xiyonat sanaladi. Omonatga xiyonat qilish esa, katta gunoh va munofiqning belgilaridan biridir. Bu haqda faqih Nizomiddin Shoshiy rahimahulloh shunday zikr qiladilar:

“Omonatdor, vakil va g‘osib (birovning molini zo‘rlik bilan olgan kimsa)lar molning ayni o‘zini o‘zlarida olib qolib, uning mislini (qiymatini) to‘lashlari mumkin emasdir” (“Kitabul-xamsiyn” kitobi).

Shuningdek, alloma Ibn Nujaym rohimahulloh shunday naql qiladilar: “Omonatga olingan buyum boshqa kishiga na omonatga beriladi, na qarzga (bepul foydalanish uchun) beriladi, na ijaraga beriladi va na garovga qo‘yiladi. Agar omonatdor ulardan birortasini qilsa, javobgar bo‘ladi” (“Al-Bahrur-roiq” kitobi).

Xulosa qilib aytganda, haydovchilarning yuqoridagi birovning omonatidan beruxsat foydalanishlari va undan daromad ko‘rishlari shar’an joiz emasdir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.