Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Ulamolar bilan uchrashuv va muloqotdan aholi minnatdor

29.01.2025   15757   1 min.
Ulamolar bilan uchrashuv va muloqotdan aholi minnatdor

Shu yil 28 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati bosh imom xatibi Musoxon domla Abbasiddinov boshchiligida keng xalq ommasi bilan uchrashuv, aholi vakillari bilan muloqot amalga oshirilmoqda.

 

Suhbatlarda dinimiz bir jamiyatda yashayotgan insonlarni o‘zaro tinch-totuv, hamjihatlikda yashashga buyurishi, ular o‘rtasida mehr-oqibat, bir-biriga nisbatan hurmat bo‘lishni talab etishi, oxirgi vaqtlarda ana shu mehr-oqibat va o‘zaro hurmat rishtalarini paydo qiladigan, ularni yanada mustahkam bo‘lishiga sabab bo‘ladigan fazilatlarni keng yoyish juda ham zarur bo‘layotgani hayotiy misollar asosida tushuntirildi.


Qur’oni karim va hadisi shariflarda ilm va hunarga targ‘ib qiluvchi ko‘rsatmalarni misol sifatida keltirib, har bir ota-ona farzandiga elu yurt uchun kerakli bo‘ladigan hunar va foydali ilmlarni ham o‘rgatishi lozimligi tushuntirildi. Shuningdek, yosh avlod ongiga ona yurtga muhabbat, tinch-osoyishta hayotimizni qadriga yetish hamda shukronalik tuyg‘ularini singdirish kabilarga urg‘u qaratildi.


Musoxon domla dinimiz ta’limotlarida ota onaga hurmat, komil inson fazilati, har bir ishda o‘rtachilik, isrofdan saqlanish, riyokorlik, kibr illatidan yiroq bo‘lish, ko‘r-ko‘rona taqlid, g‘ulvuga ketish, ota-onaga oq bo‘lish, zulm va zo‘ravonlik kabi gunoh ishlardan saqlanishga chaqirildi. 


Shuningdek, uchrashuvda ilmsiz fatvo berish, shar’iy masala aytish, jamoada tafriqa, bo‘linishlardan saqlanish va bid’at-xurofotlarni tark etish illatlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Bo‘lib o‘tgan muloqotda yig‘ilganlar o‘z minnatdorchiligini bayon qilishdi.

 

Muloqot uchrashuvlar joylarda davom etadi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Ulamolar bilan uchrashuv va muloqotdan aholi minnatdor Ulamolar bilan uchrashuv va muloqotdan aholi minnatdor Ulamolar bilan uchrashuv va muloqotdan aholi minnatdor Ulamolar bilan uchrashuv va muloqotdan aholi minnatdor Ulamolar bilan uchrashuv va muloqotdan aholi minnatdor Ulamolar bilan uchrashuv va muloqotdan aholi minnatdor Ulamolar bilan uchrashuv va muloqotdan aholi minnatdor
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   13067   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari