Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Noyabr, 2025   |   12 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:37
Quyosh
06:57
Peshin
12:12
Asr
15:34
Shom
17:20
Xufton
18:34
Bismillah
03 Noyabr, 2025, 12 Jumadul avval, 1447

O‘zbekiston va Iordaniya vazirlari uchrashuv o‘tkazdi

04.02.2025   19293   1 min.
O‘zbekiston va Iordaniya vazirlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Iordaniya vaqf, islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad Ahmad Msallam Al-Xalaila bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.


"Iordaniyaga tashrifimiz davomida Vaqf, Islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad Ahmad Msallam Al-Xalaila janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Xalqlarimizni umumiy din va an’analar bog‘lab turadi. Ta’lim sohasida hamkorlik qilish, jahon tendensiyalari bo‘yicha muntazam fikr almashishni tashkil etish, yuz berayotgan chaqiriqlarni hal etish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish imkoniyatlarini muhokama qildik".

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha)

30.10.2025   6939   1 min.
Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha)

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Indoneziyaning Sharif Hidoyatulloh davlat islom universiteti va Qur’on ilmlari instituti (IIQ) hamkorligida “Imom Buxoriy va musulmon olamida ilm-fan (2025)” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. 
 

Forum Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Sharif Hidoyatulloh davlat islom universiteti o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumiga asosan tashkil etildi.


Ochilish marosimida ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy-ma’naviy aloqalarni rivojlantirish, Imom Buxoriy merosini chuqur o‘rganish va uning ilmiy ahamiyatini keng yoritishga qaratilgan tashabbuslar alohida ta’kidlandi.


Anjuman doirasida “Imom Buxoriy merosi va zamonaviy islom tafakkuri” va “Hadisshunoslik metodologiyasi va klassik ilmlar”, “Hadis, tafsir va axloqiy mulohazalar”, “Zamonaviy tadqiqotlar, raqamli gumanitar ilmlar va institutsional ta’lim” mavzularda ilmiy sessiyalar o‘tkazildi. Unda olimlar Imom Buxoriy asarlarining ilmiy asoslari, jahon hadisshunoslik maktabida tutgan o‘rni va zamonaviy talqinlari haqida fikr almashdi.


Imom Buxoriy asarlaridagi ma’naviy qadriyatlarning bugungi ta’lim jarayonlari va jamiyat hayotidagi ahamiyati, islom ilmlarini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish imkoniyatlari, qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari ishtirokchilar diqqat markazida bo‘ldi.


Anjumanning yakuniy qismida ilmiy muloqot natijalari sarhisob qilinib, ilmiy tavsiyalar qabul qilindi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha) Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha) Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha) Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha) Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha) Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha) Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha) Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha) Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha) Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha) Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha) Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha) Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha) Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha) Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha) Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha) Imom Buxoriy merosi – zamonaviy tadqiqotlar markazida (fotolavha)