Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Fevral, 2025   |   14 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:01
Quyosh
07:21
Peshin
12:42
Asr
16:12
Shom
17:57
Xufton
19:11
Bismillah
13 Fevral, 2025, 14 Sha`bon, 1446
Yangiliklar

Bosh imom vatandoshlar bilan uchrashdi

6.02.2025   8257   1 min.
Bosh imom vatandoshlar bilan uchrashdi

Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan va boshqa maqsadlarda borgan yurtdoshlarimiz bilan samimiy muloqot qilish, ular bilan dildan gaplashish, ma’rifiy suhbatlar qilib berish maqsadida ayni kunlarda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov mazkur mamlakatda bo‘lib turibdi.

Dastlab Moskva viloyati Odinsovo shahridagi "Monotek" mas’uliyati cheklangan jamiyati qurilish shirkatida ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan, so‘ngra Moskva shahridagi "AntYapi" mas’uliyati cheklangan jamiyati qurilish firmasida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan samimiy muloqot qildi.

Vatandoshlarimiz ma’rifiy suhbatlar asnosida Abduqahhor domladan o‘zlarini qiziqtirgan diniy va boshqa mavzulardagi savollarga atroflicha javoblar oldi.

Bosh imom vatandoshlarimizga qayerda bo‘lsa ham yurtimiz sha’nini baland tutishni, aqidasi buzuq har xil oqimlarga qo‘shilib qolmaslik zarurligini alohida ta’kidladi. 

Xizmat safari  Sankt-Peterburg shahrida davom etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Toshkent shahar vakilligi

Matbuot xizmati

Bosh imom vatandoshlar bilan uchrashdi Bosh imom vatandoshlar bilan uchrashdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘qituvchi va talabalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

10.02.2025   5174   1 min.
O‘qituvchi va talabalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Buxoro shahridagi Yoshlar markazi majmuasida Buxoro viloyatidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Azizbek Qalandarov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Zulhaydar Sultonov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi Muhammadamin Nasriyev, Buxoro viloyati bosh imom-xatibi, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir Elov ishtirok etdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ijtimoiy tarmoqdan to‘g‘ri foydalanish aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni sog‘lomlashtirish masalalarida nutq so‘zladi.

Aytib o‘tilgan mavzular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tavsiya va takliflar berildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O‘qituvchi va talabalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi O‘qituvchi va talabalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi O‘qituvchi va talabalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi O‘qituvchi va talabalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi O‘qituvchi va talabalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi