Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447
Maqolalar

10.02.2025   6524   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bir oyat sharhi: “Ularga osmon ham, yer ham yig‘lamadi!”

28.07.2025   5134   1 min.
Bir oyat sharhi: “Ularga osmon ham, yer ham yig‘lamadi!”

Alloh taolo aytadi: Bas, ularga osmon ham, yer ham yig‘lamadi va ular muhlat berilganlardan ham bo‘lmadilar (Duxon surasi, 29-oyat).

 

Sen Allohga itoat qilgan, ibodat qilgan joy vafot qilganingda seni yo‘qotganiga qayg‘urib yig‘laydi va sen haqingda qiyomat kuni guvohlik beradi. Shunday ekan, borgan yerlaringda zikr(ibodat, namozlar)ni ko‘paytir.

 

Sharh: Ibn Abbos roziyallohu anhu: Har bir mo‘min bandaning osmonda uning savobli amallari ko‘tariladigan eshigi bo‘ladi. U o‘lganda, shu eshik yopiladi va osmon uning amallaridan mahrum bo‘lganidan yig‘laydi. Yerda esa uning namoz o‘qigan, zikr qilgan joylari bor, ular ham uni yo‘qotgani uchun yig‘laydilar. Kofir odamning esa na osmonda va na yerda bunday sharafli joyi bo‘ladi, dedi.

 

Qatoda roziyallohu anhu: Mo‘min o‘tganda uning namoz o‘qigan joylari va osmonda amallari ko‘tarilgan makonlar yig‘laydi. Kofirda esa bunday fazilat yo‘q, dedi.