Kitob hadya qilish – ilm tarqatish va xayrli amallarning eng go‘zal namunasidir.
Toshkent islom instituti Axborot-resurs markazi fondi yangi noyob asarlar bilan boyidi.
“Hadis va islom tarixi fanlari” kafedrasi ustozlari tomonidan Abdulmajid Juzjoniyning “Al-Vajiz fi usulil hadis indal fuqohoil usuliyyin val muhaddisin” asaridan 50 dona hadya qilindi.
Ushbu kitoblar talabalarning bilimlarini mustahkamlash va ilmiy saviyalarini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki asar Usulul hadis ilmini o‘rganishda bebaho manba hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati