Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Fevral, 2025   |   13 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:02
Quyosh
07:22
Peshin
12:42
Asr
16:11
Shom
17:56
Xufton
19:10
Bismillah
12 Fevral, 2025, 13 Sha`bon, 1446

Ilm – nur, uni yoyish esa savobdir

10.02.2025   12593   1 min.
Ilm – nur, uni yoyish esa savobdir

Kitob hadya qilish – ilm tarqatish va xayrli amallarning eng go‘zal namunasidir.

Toshkent islom instituti Axborot-resurs markazi fondi yangi noyob asarlar bilan boyidi.

“Hadis va islom tarixi fanlari” kafedrasi ustozlari tomonidan Abdulmajid Juzjoniyning “Al-Vajiz fi usulil hadis indal fuqohoil usuliyyin val muhaddisin” asaridan 50 dona hadya qilindi.  

Ushbu kitoblar talabalarning bilimlarini mustahkamlash va ilmiy saviyalarini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki asar Usulul hadis ilmini o‘rganishda bebaho manba hisoblanadi.  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar

Ilmi toliblar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

11.02.2025   2877   1 min.
Ilmi toliblar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ishtirokida bilim yurti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda bugungi kunda Respublikamizda bo‘layotgan katta o‘zgarishlar, diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar haqida so‘z bordi. Talabalar odob-axloq borasida barchaga namuna bo‘lib, ta’lim olish davrida hamda kelajakda diniy-ma’rifiy sohada xizmat qilish asnosida hayotning turli sinovlariga sabr qilishlari haqida o‘gitlar berilib, bu borada ulamolarimiz hayotlaridan misollar keltirib o‘tildi.

– Bugungi kunda islom bilim yurtlarini tugatib imom-xatib bo‘lib xizmat qilayotganlar jamiyatimizda ro‘y berayotgan yangilanishlarni, o‘zgarishlarning tub mohiyatini yaxshi tushunadigan, ilmiy salohiyati yuksak bo‘lishi lozim, – dedi Homidjon domla Ishmatbekov. – Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz hayoti, odamlarimizning ongu tafakkurida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni qalban his etgan holda keng xalq ommasiga yetkazib berishlari bugunning talabidir.  Chunki global axborot makonida hamma kuchlar o‘z manfaatlari uchun kurash olib bormoqda. Internetning imkoniyatlaridan keng foydalanishni targ‘ib qilar ekanmiz, uning foydali jihatlariga e’tibor qaratib, zararli tomonlaridan ogohlikka chaqirishimiz zarur bo‘lib bormoqda. 

Muloqot so‘ngida yurtimiz ravnaqi, sohalardagi islohotlar tilga olinib, bardavom bo‘lishi, barcha mutasaddilar va ustozlar-u xodimlarning haqlariga duo qilindi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ilmi toliblar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi